Yangiliklar



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada oshirishga qaratilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan uchrashish va muloqot qilish maqsadida 20-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. 

Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi va O‘zbekiston Fermerlari kengashi hamkorligida qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini keng tatbiq etish, ekin maydonlarini tomchilab sug‘orish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi natijasida energiya resurslariga bo‘lgan talab tobora oshib borar ekan, mavjud manbalardan oqilona foydalanish, ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalar sanoatni rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirishning garovi bo‘lib qolmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvardagi «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmoni muhokama qilindi. 

UZ domeni rivojlanmoqda

"Uzinfocom" komputer va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazida «Yangi internet tashabbusi – 2016» respublika tanlovi yakunlari sarhisob qilindi va g‘oliblarga domen hamda xosting olish uchun sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-yanvar kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myullerni qabul qildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari ko‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimida "Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi qonun ijrosini o‘rganishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan boks yoshlar o‘rtasida tobora ommalashmoqda. O‘zbek boks maktabi tarbiyalanuvchilari sport olamining barcha nufuzli musobaqalari – Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va qit’a chempionatlarida yuqori natijalarni qo‘lga kiritmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari 2017-yilgi sport mavsumiga qizg‘in tayorgarlik ko‘rmoqda. 

Mahoratli tennischimiz Denis Istomin “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian open – 2017” musobaqasining yakkalik bahslarida serbiyalik Novak Jokovichni mag‘lubiyatga uchratib, uchinchi davraga yo‘l oldi.

O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida xorijlik sheriklar bilan hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotir. Mamlakatimiz sayyohlik sohasida yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar turli xalqaro ko‘rgazmalar orqali butun dunyoga keng targ‘ib etilmoqda. 

Joriy yilning 18 yanvar kuni Yunusobod tuman xokimligida, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi xamda “Toshkent shahar sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining sifat tizimlarini joriy etish bo‘limlari boshliqlari, xokimiyat vakillari, sertifikatlashtirish idoralari rahbarlari ishtirok

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatimiz tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini har tomonlama himoya qilish, ularni qo‘llab quvvatlash bugungi kunning ustuvor vazifasi sifatida belgilangan

Sarhisob va rejalar

Nukusda 2016-yil yakunlari va 2017-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizda turizm sohasini jadal rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. 

O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan avtotransport vositalarini turini halqaro tan olinishi uchun Rossiya davlatining xalqaro akkreditatsidan o‘tgan 

Ishlab chiqaruvchi korxonalar va tadbirkorlik sub’ektlariga qulayliklar yaratish maqsadida, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi “2020 yilgacha bo‘lgan davrda milliy infratuzilmalar sifatini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 298-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, qo‘shma korxonaning yengil sanoat mahsulotlarini sinash laboratoriyasi 2016 yilning 5 fevralida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilgan edi.

O‘lchovlar va natija.

Germaniyada ishlab chiqilgan va hujjatlar ekspertizasini ijobiy natijalarida tan olingan suvdagi temir, marganets, sulfat, nitrat, nitrit va ammoniyning massa konsentratsiyasini o‘lchashlarni bajarish usuliyati (O‘BU) O‘zbekiston Respublikasi O‘BU davlat reyestriga O′z OU 0718:2016 (Test 1.14761:2013), O′z OU 0721:2016 (Test 1.14770:2013), O′z OU 0722:2016 (Test 1.14548:2013), O′zOU 0719:2016 (Test 1.09713:2013), O′z OU 0717:2016 raqamlari ostida kiritilgan.

O‘lchashlar va yuqori aniqliklar.

Hujjatlar ekspertizasining natijalari asosida Belgiyada ishlab chiqarilgan 11 ballondagi uchta turdagi gaz aralashmasi tarkibining standart namunalari O‘zbekiston Respublikasi O‘lchash vositalari davlat reyestriga O′z DSN 04.2344:2016 ÷ O′z DSN 04.2353:2016. raqamlar ostida kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi “2020 yilgacha bo‘lgan davrda milliy infratuzilmalar sifatini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 298-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, qo‘shma korxonaning yengil sanoat mahsulotlarini sinash laboratoriyasi joriy yilning 5 fevralida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilgan edi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Naytxart Xyofer-Vissing bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.