Yangiliklar



Mamlakatimizning barcha joylarida bo‘lgani kabi Qashqadaryo viloyatida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shahar va qishloqlar obodonlashib, zamonaviy qiyofa kasb etayotir. Yangi korxonalar, ta’lim va tibbiyot muassasalari, keng va ravon yo‘llar, bog‘ va xiyobonlar bunyod etilmoqda. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanida qishloq xo‘jaligi sohasidagi istiqbolli loyihalar bilan tanishdi. 

24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2017-yil 22-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi Raisi – Ijrochi kotibining birinchi o‘rinbosari Viktor Guminskiy bilan uchrashdi.

Joriy yilning 28 fevral kuni Moskva shaxrida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengashning, Davlatlararo texnik qo‘mitasida MTK 515 “Putur yetkazmasdan tekshirish” soxasi bo‘yicha ochiq sessiyasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. 

Joriy yilning 20 fevralidan Toshkent shahridagi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (DSENM) bazasida “Mahsulotlar sinovining qonuniy va normativ-huquqiy asoslari” mavzusida ikki haftalik o‘quv kurslari tashkillashtiriladi. Ushbu o‘quv kursiga DSENM Toshkent shahri va Toshkent viloyati muvofiqlikni baholash sohasi xodimi sifatida qatnashishga talabgor bo‘lgan mutaxassislari qabul qilinadi.

2017 yil 10 fevral kuni “O‘zstandart” agentligi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi 2015 yil 30 dekabrda ro‘yxatdan o‘tqazilgan, 2748-sonli “Muvofiqlikni baxolash soxasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarning sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi” nizomga asosan SMSITI binosida Sirdaryo, Olmaliq, Bekobod SSM DKlari va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikalarini sinash davlat markazi xodimlarini sertifikatlashtirish imtixonlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 fevraldagi 71-sonli qarori bilan “Alkogolli mahsulotlarning xavfsizligi to‘g‘risida”gi Umumiy texnik reglament tasdiqlandi.

Rossiya Elchisi bilan uchrashuv

2017-yilning 20-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Rossiya Federatsiyasining Favquloda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

SMSITIning 2017 yil uchun tasdiqlangan reja-jadvaliga asosan joriy yil 20-24 fevral kunlari Malaka oshirish Markazida 40 soatlik “Sifat menejeri va ichki audit” o‘quv kursi tashkil qilinadi.

Ushbu kurs xodim sifatida qurilish mahsulotlarini muvofiqligini baholash yo‘nalishida ishlovchi “RWS OPTIMUM” ShK mutaxassislariga mo‘ljallangan.

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashda «O‘zstandart» agentligining o‘rni va ahamiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston Respublikasi va AQSh o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 9-fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qo‘yilgan vazifalar ijrosi doirasida Xorazm viloyatida jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kunining ilk tadbirlari o‘tkazildi. 

Tug‘ilgan vaqtimizdan boshlab, o‘zimiz bilmagan holda, biz metrologiya bilan bog‘liqmiz...

Hozirgi vaqtda “O‘zstandart” agentligi “MXKM” DKda mutloq bosimni o‘lchash vositalarini va barometrlarni qiyoslash usullari o‘zlashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-fevral kuni Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Rossiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisining o‘rinbosari Dmitriy Kozakni qabul qildi.