Yangiliklar



Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 25-mart kuni poytaxtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumanidagi Uvaysiy nomidagi mahallada bo‘lib, bu yerda fuqarolar yig‘ini xodimlari, profilaktika inspektori va aholi uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan tanishdi. 

Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligi arafasida poytaxtimizning Sergeli tumanida 66 ko‘p qavatli uy foydalanishga topshiriladi. Zamonaviy shaharsozlik talablari asosida bunyod etilayotgan mazkur uylar 2 ming 500 dan ziyod oilaning turar joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini yaratadi. E’tiborlisi, uylar oilalarga imtiyozli ipoteka krediti orqali beriladi. 

2017-yil 22-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-mart kuni Ostona shahrida “Vatan himoyachilari” monumentiga gul qo‘ydi. 

Oqo‘rda qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasida muloqotni davom ettirdilar.

Istiqbolli hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston-Qozog‘iston muzokaralari yakunida davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo 13 hujjat imzolandi.

Doimiy nazorat samara beradi

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti qoshidagi 2-akademik litseyda yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi illatlarni bartaraf etishning samarali yo‘llariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 22-mart kuni davlat tashrifi bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 22-mart kuni davlat tashrifi bilan Ostona shahriga keldi. 

Tomonlar “O‘zstandart” agentligi va “Turk standartlar instituti” o‘rtasida 2003 yil 4 martda imzolangan Hamkorlik kelishuviga asosan munosabatlarni mustahkamlashni muhokama qilishdi.

“Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi qoshida «RESPUBLIKA MENEJMENT» menedjment tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi tashkil etildi. Ushbu idora “O‘zstandart” agentligi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida 2017 yil 20 fevraldagi № UZ. AMT.05.MAI.043-sonli akkreditatsiya guvoxnomasi bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 2017-yil 22-23-mart kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ladi.

O‘zbekiston o‘rik, olxo‘ri, uzum, yong‘oq, karam va boshqa ko‘plab meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha dunyodagi yetakchi o‘n davlatdan biridir.

Inspeksiya nazorati o‘tkazish reja-jadvali qayta ko‘rib chiqib tasdiqlandi. 

G‘alaba va durang

Mini-futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi joriy yilning 16-26-may kunlari Tailandda yigirma yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat terma jamoalar o‘rtasida o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Xorazmda “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida “Oilaviy kitobxonlik” kitob savdosi yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Biz korrupsiyaga qarshimiz

2017 yil 9 mart "O‘zstandart" agentligining katta majlislar zalida soat 17:00 da “Metrologiya xizmatlarini ko‘rsatish markazi” DKning "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida majlisi o‘tkazildi...

Davlat organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish maqsadida 2017 yil 27 fevralida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Idoralararo elektron o‘zaro aloqani qo‘llash bilan bitimlarning notarial guvohnomasini tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha choralar to‘g‘risida”gi 106-son qarori qabul qilindi. Ushbu hujjat asosida ko‘chmas mulk bitimlarining notarial guvohnomasini tayyorlashda idoralararo elektron aloqa tizimini qo‘llash amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.