Yangiliklar



“O‘zstandart” agentligining 2017 yil davomida hududiy markazlarni rivojlantirish rejasiga muvofiq “Bekobod SSM” DK ning qiyoslash laboratoriyasi uchun elektr kattaliklarni qiyoslash maqsadida AQSh da ishlab chiqarilgan ko‘p funksiyali kalibrator va ko‘p funksiyali multimetr xarid qilinib foydalanishga topshirildi.

Andijonda pilla yetishtirish, pilla va ipak tolasini qayta ishlashga ixtisoslashgan “Andijon silk” korxonasini barpo etish loyihasi hamda xorijiy texnologiya asosida yaratilgan yangi tut navi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 
 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 11 avgust kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahriga tashrif buyurdi. 

Mazkur Qonun talablariga ko‘ra, muvofiqlik sertifikati bo‘lmagan mahsulotni realizatsiya qilish taqiqlanadi. Ammo, Toshkent shahar, Uchtepa tumanida yashovchi fuqaroning Farxod bozoridagi Sharshara do‘konida sifatsiz kolbasa mahsuloti sotilayotganligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga qilgan murojaati bo‘yicha o‘rganish natijasida qonun talablariga rioya etilmayotganligi aniqlandi.

Navoiy viloyati, Navoiy shahrida yashovchi fuqaro tomonidan Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida joylashgan “ROF FOOD UNIVERSAL” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Labaniy” shakarli quyiltirilgan sut mahsulotining sifatsizligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga qilgan murojaati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

Sifatni boshqarish tizimlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2935-sonli qaroriga asosan 2017-2020 yillarda hududlar kesimida 9158 ta (2017 yilda 2096 ta, 2018 yilda 2216 ta, 2019 yilda 2387 ta va 2020 yil 2459 ta),

“O‘zstandart” agentligi bosh direktori tomonidan tasdiqlangan “Hududiy markazlarning sinov va o‘lchov laboratoriyalariga namunaviy o‘lchov vositalari xamda sinov uskunalarini xarid qilish” reja-dasturiga muvofiq, 2017 yilning birinchi yarimida “Qo‘qon SSM” DKning sinov va o‘lchov laboratoriyalariga quyidagi zamonaviy uskunalar harid qilindi.

Andijon va Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazlarining menejment tizimlarini sertifikatlashtirish idoralari TurkAK xalqaro idorasi tomonidan xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

“O‘zstandart” agentligi tomonidan Prezidentimizning 2017 yil 12 yanvardagi PF-4931-sonli farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazining Buxoro, Qo‘qon, Samarqand, Xorazm hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari qoshida xalqaro talablarga mos keladigan mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va markirovka qilish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish markazlari tashkil etildi.

Malakali mutaxassis – zamon talabi

2017 yilning birinchi yarim yilligida “RespublikaSSM” DK bo‘yicha jami 23 nafar xodimlar malaka oshirgan bo‘lib, jumladan 15 nafari Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot institutida, 6 nafari Belorussiyaning standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish va qaytatayyorlash davlat institutida va 2 nafari Turkiyaning Turkstandartlari institutida malaka oshirishdi.

O‘zbekiston standartlashtirish metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining “Sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2017 yil 20 iyundagi 411-sonli Buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 21 iyuldagi 2899-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi. 

“O‘zstandart” agentligi tomonidan Respublikamizda mahsulot ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlarning eksport imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida O’z DSt 3185:2017 Halqaro va mintaqaviy standartlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlari sifatida qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 30 iyuldagi 207-sonli qarori bilan tasdiqlangan «2014-2018 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish Dasturi»ga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017 yilning 19 iyuldagi 520-son qarori bilan «Yog‘-moy mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglament qabul qilindi.

2017 yilning 10 aprel sanasida Toshkent shaxrida«O'zbek-Turk Test Markazi» MChJ qo‘shma korxonasi sifat menejment tizimini sertifikatlashtirish idorasi mutaxassisi Axmedjanov Jamshid «PRONTOTEXTILEGROUP» MChJ korxonasiga yangi tahrirdagi ISO 9001:2008 standarti bo‘yicha xalqaro sifat menejment tizimi sertifikatini tantanali ravishda topshirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 2017-yil 12-iyul kuni parlament palatalari, siyosiy partiyalar, O‘zbekiston Ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 30 iyulda 207-son qarori bilan tasdiqlangan 2014-2018 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish Dasturiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyuldagi 476-son qarori bilan “Oziq-ovqat mahsulotiga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligi” to‘g‘risidagi Umumiy texnik reglament qabul qilindi.

Harakatlar strategiyasi amaliyotda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947

So‘nggi paytlarda iste’molchilarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan muammolardan biri bu- sut va sut mahsulotlarining ayrim turlari belgilangan me’yoriy hujjat talablariga mos kelmayotgan edi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashidagi deputatlik guruhi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonuni ijrosi bo‘yicha viloyatda 2014-2016-yillarda xususiylashtirilgan va “nol” qiymatda sotilgan davlat mulki obyektlaridan foydalanish samaradorligi masalasi muhokama qilindi.