Yangiliklar



"O‘zstandart" agentligi Qoraqalpog‘iston sinov va sertifikatlashtirish markazi» DK yangi zamonaviy laboratoriyasi binosini qurish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qilgan tashrifida berilgan topshiriqlari ijrosi bo‘yicha dastur doirasida amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasida 25 sentyabr kuni Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Chon Se Gyun boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni Nyu-Yorkda Amerika Qo‘shma Shtatlarida istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlarimiz bilan uchrashdi. 

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi Kotibi N.Patrushev boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi 21-sentabr kuni Samarqand shahrida bo‘ldi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida AQShning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi. Uchrashuvda Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, «Jeneral Elektrik» kompaniyasi prezidenti Ron Pollett, «Xanivell» kompaniyasi prezidenti va ijrochi direktori Rajiv Gautam, «SiEnEych Indastrial» kompaniyasi vitse-prezidenti Stiven Naderni, «Dir end Kompani» kompaniyasi prezidenti Jeyms Fild ishtirok etdi. 

2017-yil 19-sentabr kuni BMTning Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 18-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-York shahriga keldi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 sentyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketdi. 

Eslatma

Xurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

Siz maishiy elektr, gaz va suv hisoblagichlarini Davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazmoqchimisiz? Unda marhamat quyidagilarga axamiyat bering!

«O‘zstandart» agentligining Akkreditatsiya Kengashining 17.08.2017 yildagi navbatdan tashqari kengaytirilgan majlisi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida «Uzbekakkreditatsiya» davlat korxonasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojatt va shikoyatlarini qabul qilish uchun «Ishonch telefoni» ishga tushirildi
Ishonch telefoni raqami: +99871-150-20-95

Bugun “O‘zstandart” agentligi tomonidan Milliy matbuot markazida Ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun “Energiya resurslar (gaz, elektr va suv) hisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazish jarayonlarini takomillashtirish, sohada mavjud muammolarni bartaraf etishning samarali mexanizmlari” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

2017-yil 25-avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi. 

O‘zbekiston Respublikasi bilan Ukraina o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan ikki davlat rahbarlari bir-birlarini qutladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-avgust kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalovni qabul qildi. 

Xitoy O‘zbekistonning ishonchli va faol sheriklaridan. Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda mamlakatimizda elektr va gidroenergetika, neft-gaz, kimyo sanoati, havo va temir yo‘l transporti infratuzilmasini modernizatsiya qilish kabi yo‘nalishlarda 60 dan ziyod loyiha amalga oshirilgan. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda Xitoy sarmoyasi ishtirokidagi 700 dan ortiq kompaniya va korxonalar faoliyat yuritmoqda. 
 

Shu yilning 21-23 avgust kunlari “O‘zstandart” agentligiga Turkiyaning TUBITAK UME va boshqa davlat tashkilotlari vakillaridan iborat bo‘lgan delegatsiya tashrif buyurdi.