Yangiliklar



“O‘zstandart” agentligi, texnik yo‘nalishda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini tugatib, ish bilan band bo‘lmagan mutaxassislarni kasbga qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida BEPUL 4 KUNLIK maxsus o‘quv kurslariga (keyingi o‘rinlarda “Maxsus o‘quv kursi” deb yuritiladi) taklif etadi.

Muhtaram Yencha janoblari! 
Qadrli Mogerini xonim! 
Hurmatli tashqi ishlar vazirlari, xalqaro tashkilotlar hamda diplomatik missiya rahbarlari, konferensiya ishtirokchilari! 
Xonimlar va janoblar! 

Bugun, 6-noyabr kuni Jizzaxda atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar o‘tkaziladi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 27-martdagi «Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarorida Jizzax shahrida uning xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasini barpo etish va haykalini o‘rnatish belgilangan edi. Qisqa vaqtda shahar markazida mazkur majmua va haykal bunyod etildi. 
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-noyabr kuni mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan va MDH Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadigan Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Dmitriy Medvedevni qabul qildi. 
 

Ekspertlar fikricha, mamlakatimizda ekologik toza paxta tolasi yetishtirish borasida boy tajriba to‘plangan. Turli davlatlardan yarmarkada qatnashgan 1 ming 500 dan ortiq mutaxassis bu boradagi ishlarni tahlil qilib, o‘zlariga eng maqbul standartlarni belgilab olish imkoniga ega bo‘ldi.

 

Muhtaram Prezident janoblari! 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning taklifiga binoan 2017-yil 25-oktabr kuni davlat tashrifi bilan Turkiyaga keldi. 

Poytaxtimizda Paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasining yetmish oltinchi yalpi majlisi hamda XIII xalqaro O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik yarmarkasi boshlandi. 

Ogox bo‘ling!!!

Hurmatli iste’molchi, Toshkentdagi savdo tarmoqlarida
SOTUVDA SIFATI KAFOLATLANMAGAN MAHSULOTLAR ANIQLANDI!!!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 oktyabr kuni "Islom hamjihatligi: O‘zbekiston va Ozarbayjon misolida" xalqaro konferensiyasining Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda boshchiligidagi ishtirokchilari delegatsiyasini qabul qildi.


2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishiga muvofiq qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish mamlakatimizni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu hujjatda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlari, ularning odil sudlovdan foydalish huquqi, sud ishlarini yuritish samaradorligi hamda sifati darajasini oshirish sud-huquq tizimida olib borilayotgan islohotlarning hal qiluvchi yo‘nalishlari sifatida mustahkamlab qo‘yilgan. ​

– Bu komissiya Birlashgan Millatlar Tashkilotida ro‘yxatga olingan tuzilma bo‘lib, uning asosiy maqsadi xalqaro ko‘lamda ipakchilik va ipak sanoatini rivojlantirishga qaratilgan, – deydi «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi boshqaruvi raisi Bahrom Sharipov. – Unga a’zo bo‘lishimiz, eng avvalo, sohada yuz berayotgan so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishimizni ta’minlaydi. Shuningdek, yurtimizda ipakni qayta ishlash va uning eksportini kengaytirishda qo‘l keladi.

“O‘zstandart” agentligi tomonidan O`z DSt 8.029 “O‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. O‘lchash vositalarini kalibrlash. Asosiy qoidalar” davlat standartining yangi tahriri ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. 

Hurmatli fuqarolar!

Hozirgi vaqtda Andijon viloyatida avtomobilsozlik korxonalari uchun 2000 ga yaqin nomdagi mahsulotlar ishlab chiqarayotgan 125 ta korxona faoliyat yuritmoqda.