Yangiliklar



Chirchiq sinov va sertifikatlashtirish markazining  o‘lchov vositalari ustidan davlat metrologik tekshiruvi bo‘limi tomonidan xududdagi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlariga qulayliklar yaratish maqsadida o‘lchash ko‘lami 2250 m3/h  gacha bo‘lgan sanoat gaz hisoblagichlarini qiyoslash sohasini qamrab olish va akkreditatsiya doirasini kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borildi.

Joriy yilning 7 mart kuni “O’zstandart” agentligida Xalqaro atom energetikasi agentligi (MAGATE) tashabbusi bilan MAGATE ning texnik hamkorlik dasturlari bo‘yicha menejeri – janob Kristof Samba Xenrix va MAGATE yadroviy yoqilg‘i tsikli va chiqindilar texnologiyasi bo‘yicha ekspert – janob Umar Salixbaev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ayol go‘zalligi olamni bezar!

“O’zstandart” agentligida xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlab tashkil etilgan ma’riiy tadbir shunday nomlandi.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2018 yil O’zbekistonda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» deb e’lon qilinishi munosabati bilan, “O’zstandart” agentligi, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi tomonidan, tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida “Star Screen” kompaniyasi xamkorligida mijozlarga ko‘rsatilayotgan hizmatlardan qoniqish darajasini o‘rganish va ma’lumotlarga ega bo‘lish “Axborot monitori”ni ishlab chiqdi va sinov rejimida “Higway Logistics Center” bojxona terminaliga o‘rnatildi. 

“O’zstandart” agentligining 2018-yil 9-fevral kungi 4-sonli o‘tkazilgan yigilish bayoni 10-bandi ijrosini bajarish maqsadida “Farg‘ona SSM” DK  direktori M.M.Azimov raisligi ostida va korxona xodimlari ishtirokida ma’naviyat darsi o‘tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi 112-sonli “Tibbiyotda qo‘llanadigan laboratoriya va diagnostika uskunalarining metrologik tekshiruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 30 iyuldagi 207-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2014-2018 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish Dasturi”ga muvofiq “O’zstandart” agentligi “O’zbekoziqovqatxolding” XK bilan birgalikda “Idishlarga qadoqlangan ichimlik suvi xavfsizligi to‘g‘risida”gi Umumiy texnik reglament loyihasi  tayyorlandi. 

“O’zstandart” agentligi bosh direktori A.O’.Karimovning taklifiga ko‘ra, joriy yilning 1 mart kuni Afg‘oniston Islom Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi  Sayyod Shahabuddin Timuri “O’zstandart” agentligiga tashrif buyurdi. 

“O’zstandart” agentligining Namangan standartlashtirish metrologiya boshqarmasi va “Sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi xodimlari ishtirokida “Ma’naviyat ijtimoiy hayotimizning asosi” mavzusida ma’naviyat-ma’rifat soati o‘tkazildi.

“O’zstandart” agentligining Samarqand standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 31 martdagi 99-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Don xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamenti mazmun mohiyati haqida o‘quv seminari tashkil etildi. 

2017 yil 2 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 aprelida 237-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Muomalaga chiqarilayotgan g’ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to’g’risida”gi Umumiy texnik reglament kuchga kirdi.

E'LON

Qurilishni loyixalashtirish korxonalari diqqatiga: “O'zstandart” agentligi, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi, Toshkent shaxar, Mirzo Ulug'bek tuman Ravnaq 1”B” manzildagi xududida 4-qavatli ma'muriy va laboratoriya binosi qurish ishlarini rejalashtirgan.

Butun jaxon avtomobil parkining kengayishi va regional va global avtomobil bozorining paydo bo’lishi bilan avtotransport vositalarining xavfsizligi soxasidagi texnik talablar nafaqat milliy yoki regional darajada, balki xalqaro darajada uyg’unlashtirishga talab paydo bo’ldi.

Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi Davlat Korxonaning majlislar zalida 2018 yilning 20 fevral kuni, Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi Davlat Korxonasi, Navoiy Standartlashtirish Metrologiya Boshqarmasi, “Sanoatkontexnazorat” DI Navoiy filiali, “O’zdavneftigazinspektsiya” Navoiy filiali xodimlari xamkorlikda

Joriy yilning 19-23 fevral kunlari “O’zstandart” agentligining Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutida O’zDSt 3286:2018 “Halol oziq-ovqat maxsulotlari  bo‘yicha umumiy qo‘llanma” milliy standarti  bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi. 

Joriy yilning 23 fevral kuni “O’zstandart”agentligining bosh binosida, agentlik boshqarma boshliqlari hamda Respublika va hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari qoshidagi laboratoriya boshliqlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 14 oktyabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan «Muvofiqlikni baxolash organlari va metrologik xizmatlarni akkreditatsiya qilish hamda inspektsiya nazoratini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga asosan, “O’zbekakkreditatsiya” davlat korxonasi tomonidan “Bekobod SSM” DKsertifikatlashtirish organi va sinov laboratoriyasi faoliyati ustidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq inspektsiya nazorati o‘tkazildi.

Joriy yilning 15 fevral kuni “Toshbozorsavdo” uyushmasi tomonidan tashkil etilgan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 yanvardagi “Go'sht va go'sht mahsulotlari xavfsizligi to'g'risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi 36-sonli Qarorini Toshkent shahar dehqon bozorlarida ijrosini ta'minlash yuzasidan kengaytirilgan yig'ilish o'tkazildi.

Mamlakatda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ish olib borilmoqda.