Yangiliklar



Joriy yilning 9 aprel kuni “O‘zstandart” agentligida Afg‘oniston standartlashtirish milliy idorasi bosh direktorining doktor Naqibullox Faiq boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Olmaliqda xalq bilan muloqot!

2018 yil 9 aprel kuni Olmaliq shahar «Metallurg» madaniyat saroyida «O'zstandart» agentligining “Respublika SSM” DK direktori o’rinbosari F.V. Samatov boshchiligida «Sayyor qabul» yig’ilishi bo’lib o’tdi.

O‘zbekiston Respublikasida “Halol” standartlarini qabul qilish va amaliyotga joriy etish ishlari bilan birgalikda ushbu standartlarga muvofiq milliy sertifikatlashtirish tizimini yaratish ishlari boshlangan.

Eksport qiluvchilarga ko‘mak

Tadbirkorlik sub’ektlariga o‘z mahsulotlarini eksport qilishda ko‘maklashish maqsadida “O’zstandart” agentligi tomonidan eksport qilish jarayoni bosqichlari va vakolatli davlat idoralari to‘g‘risida ma’lumotlar tayyorlandi.

Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida «BureauVeritas» bilan hamkorlik 2018 yil 4 aprelda «O’zstandart» agentligida Frantsiyaning «Byuro Veritas» (BUREAU VERITAS) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yana bir muhim uchrashuv!

Joriy yilning 3 aprel kuni“O‘zstandart” agentligida “Wakefield Inspection Services Limited” rahbari janob Piter Veykfild bilan uchrashuv o‘tkazildi.

“O’zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimov tomonidan tasdiqlangan reja-dasturiga asosan navbatdagi uchrashuvda “Respublikamizda yagona o‘lchashlar birliligini ta’minlash va halqaro aloqalarni kengaytirish istiqbollari” mavzusi yuzasidan jurnalistlarga batavfsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Muvofiqliknn baholash organlarini akkreditatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 martdagi PQ-3643 sonli Qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshida “Akkreditatsiya markazi” tashkil etildi. 

Joriy yilning 28-29 mart kunlari «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida “O‘zstandart” agentligi tomonidan “O‘zbekistonning eksport salohiyatini oshirish. Sifat infratuzilmasi va mahsulotlarni halqaro standartlarga muvofiqligini baholash” mavsuzsida Halqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Joriy yilning 29 mart kuni “O‘zstandart” agentligida GLOBALG.A.P Prezediumining vitse-prezidenti Flavio Alzuyeta va Bilashgan Millatlar tashkiloti, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xamda O‘zbekiston fermerlari kengashi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirkorlik sub’ektlari diqqatiga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 martdagi qaroriga muvofiq, tashqi savdoni yanada liberallashtirish chora-tadbirlari tasdiqlangan.

2018 yil 28-29 mart kunlari “O’zstandart” agentligi tomonidan «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida “O’zbekistonning eksport salohiyatini oshirish. Sifat infratuzilmasi va mahsulotlarni halqaro standartlarga muvofiqligini baholash” mavsuzsida Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya tashkil qilinadi.  

2018 yil 20 mart kuni «O'zstandart» agentligida Germaniya Federativ Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Gunter Leo Uollend bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Eksport qiluvchilarga ko‘mak

«O’zstandart» agentligi «Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi» davlat korxonasining eksportga ko‘maklashish Byurosi mutaxassislari tomonidan respublikamizdagi tadbirkorlik sub’ektlariga o‘z mahsulotlarini eksport qilishda ko‘maklashish maqsadida tegishli ishlar olib borilmoqda. Xususan, 23 ta xorij davlatlarining sanitar va fitosanitar normalari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar o‘rganib chiqildi. 

2018 yil 14-16 mart kunlarida Toshkent shahrida, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo Kengashining (DSK) Akkreditatsiya bo‘yicha ilmiy-texnik komissiyasi (NTKA), Muvofiqlikni baholash bo‘yicha ilmiy-texnik komissiyasi (NTKOS), Akkreditatsiya bo‘yicha Mintaqaviy tashkilot tuzish bo‘yicha ishchi guruhining (RG ROA) yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xukumat tomonidan alohida e’tibor berilayotgan masalalardan biri – mahalliy ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan tadbirlarda “O’zstandart” agentiligining Buxoro standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi faol ishtirok etib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning standartlashtirish, metrologiya, sertifikatsiya sohalarida duch kelayotgan muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

2018 yil 9 mart kuni “O’zstandart” agentligi “Namangan SSM” DK mutaxassislari Namangan viloyat bojxonasining majlislar zalida “Tadbirkorlik subektlariga mahsulot eksportida yaratilgan keng qulaylik va shart-sharoitlar, mavjud muammolar hamda ularning bartaraf etish choralari” mavzusida o‘tkazilgan seminarda ishtirok etdilar.