Surxondaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi va Afg‘oniston milliy standartlashtirish idorasi Balx viloyati boshqarmasi bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Surxondaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi va Afg‘oniston milliy standartlashtirish idorasi Balx viloyati boshqarmasi bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Surxondaryo sinov va sertifikatlashtirish markazida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-4059-sonli qarorida tadbirkorlar uchun yaratilgan imtiyozlarga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi.
Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi, Qarshi Muhandislik va iqtisodiyot instituti bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘ygan. Buning natijasida markaz va institut o‘rtasida nazariy olingan bilimlar amaliyot bilan uyg‘unlashtirib borilmoqda.
Jizzax sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi va viloyatdagi tadbirkorlar va fermer xo‘jaliklari ishtirokida viloyatning Do‘stlik va G‘allaorol tumanlarida seminarlar tashkil etildi.
Qarorning 1-bandiga asosan Xalqaro laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish (ILAC) va xalqaro akkreditatsiya qilish forumi (IAF) to‘laqonli a’zolari hisoblangan davlatlarning sertifikatlashtirish idoralari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari yoki sinov bayonnomalari taqdim etilganda, tadbirkorlik sub’ektlari o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiradigan ixtisoslashgan va qishloq xo‘jaligi texnikasi, texnologik uskunalar va ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, nooziq-ovqat xom ashyo, material va buyumlar majburiy sertifikatlashtirishdan ozod qilinishi belgilangan.
“O‘zstandart” agentligi tomonidan yurtimizda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan yengil avtotransport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish shaxobchalarini tashkil qilish bo‘yicha Janubiy Koreya davlatining “Si Resource Co. Ltd” hamda “Hydrogen Power Co. Ltd” kompaniyalari Agentlik huzuridagi “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) hamda Bosniya va Gersegovina milliy metrologiya instituti (IMBiH) o‘rtasidagi O‘zaro anglashuv memorandumini amalga oshirish doirasida 2018 yil 23 dekabrdan 26 dekabrgacha davrda Toshkent shahrida O‘zMMI rahbariyati va IMBiH direktori janob Ziyad Dzemich o‘rtasida ishga oid uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
ILAC va IAF tashkilotlarining to‘laqonli a’zolari ro‘yxati shakllantirildi.
“O‘zstandart” agentligi mamlakatimizdagi ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat mukofotining 7 chi tanlovida ishtirok etish uchun taklif etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-sonli qarorining 16-bandi bilan “O‘zstandart” agentligiga yangi logotip va farqlash belgilari yaratilishini ko‘zda tutgan holda imidjini yaxshilash yuklatilganligi munosabati bilan, Agentlikning zamonaviy, original va osongina tanib olinadigan logotipini va brendini yaratish maqsadida professional grafika dizaynerlari, ijodkorlar va badiiy mahoratga ega bo‘lgan ijodkorlar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan tanlov e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish,standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 12 dekabrda 4059-sonli Qarori qabul qilindi. Qarorga asosan Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda “Axborot-ma’lumot markazi” davlat korxonasi negizida yangi “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti” tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrda “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4059-sonli qarori qabul qilindi.
Qaror bilan tadbirkorlik sub’eklari tomonidan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan, texnika va texnologik uskunalarni, butlovchi va ehtiyot qismlarni, shuningdek ishlab chiqarishda foydalaniladigan nooziq-ovqat tovarlarni majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida 2019-2021 yillarda 42 ta texnik reglamentni ishlab chiqilishini ko‘zda tutadigan texnik reglamentlarni ishlab chiqish bo‘yicha Dastur tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 30 iyuldagi 207-sonli qarori bilan tasdiqlangan «2014-2018 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturiga» muvofiq «O‘zstandart» agentligida «Sport inventarlari va jihozlarining xavfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglament loyihasini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi Ekspert a’zolarining navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.