Yangiliklar



Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” hamda mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda hududlarda joylashgan korxonalarga amaliy yordam berib kelmoqda.

EKSPORTGA KO‘MAKLASHISH DAVR TALABI

Surxondaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi qoshidagi “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” xodimlari hududlardagi eksportyor korxonalarga mavjud muammo va masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan hamkorlik olib borilmoqda.

Jizzax sinov va sertifikatlashtirish markazi qoshidagi Mahsulotlarni eksport qilishga ko’maklashish byurosi hududdagi ishlab chiqaruvchi korxonalarga mavjud muammo va masalarni hal etish yuzasidan hamkorlik yo’lga qo’yilgan.

O’zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislaridan tashkil topgan ishchi guruh o’lchash vositalari turini tasdiqlash maqsadida sinovdan o’tkazish ishlarini amalga oshirish uchun Yaponiyaning Kofu va Komine shaharlaridagi Yokogawa Electric Corporation kompaniyasining ishlab chiqarish laboratoriyalarida ishchi tashrif bilan bo’ldi.

“Markaziy Osiyo mamlakatlarida infratuzilma sifatini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish doirasida “O’zstandart” agentligi va Germaniya Federativ Respublikasining  Fizika-texnik instituti  o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlari standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha Davlatlararo kengashining 54-majlisining qaroriga muvofiq, Minsk shahrida MDH davlatlarida 2019 yil sifatli mahsulotlar va xizmatlar sohasida erishilgan yutuqlar uchun Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mukofotining ekspertlarini o’qitish bo’yicha o’quv seminar bo’lib o’tdi.

“O‘zstandart” agentligi hamda Turk standartlari instituti (TSE)ning navbatdagi ta’sis kengashida “O‘zstandart” agentligi bosh direktori o‘rinbosari Jasur Shukurov hamda “Turk standartlari instituti” Prezidenti Adem Shaxinlar o‘rtasida o‘zaro muloqot bo‘lib o‘tdi.

XАLQАRO EKSPERTLАR SАMАRQАNDDА

Аvval xabar berganimizdek, “GLOBAL G.A.P standartlarini joriy etishning afzalliklari” mavzusidagi xalqaro seminari Samarqand viloyatida ham davom ettirildi.

XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDA

“O‘zstandart” agentligi bilan “Tojikstandart” agentligi o‘rtasidagi kelishuvga asosan, joriy yilning 18 – 22 fevral kunlari “Radiotexnika va elektromagnit o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash”, “Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida rahbarning o‘rni” va “Xalq iste’mol mahsulotlarini sinash” ixtisosliklari bo‘yicha Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutida “Tojikstandart” agentligining 6 nafar mutaxassislari o‘z malakalarini oshirdilar.

“O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati qoidalari buzilishini foto-video orqali aniqlashning avtomatlashtirilgan tizimi” investitsiyaviy loyihani amalga oshirish doirasida “O‘zstandart” agentligi Germaniyaning ATLAS International AG va JENOPTIK Robot GmbH kompaniyalari bilan manfaatli kelishuvi bo‘lib o‘tdi.

2019 yil 5 fevraldan 7 fevralgacha Germaniya Federativ Respublikasining Braunshveyg shahrida Davlat metrologiya muassasalarining Yevro-osiyo hamkorligi (KOOMET) doirasida Germaniya Federativ fizika-texnika instituti (PTB) tomonidan tashkil qilingan “ISO/IEC 17025 xalqaro standarti yangi versiyasining yangilangan talablarini MMI/MI sifat menejmenti tizimiga joriy etish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

Ushbu tadbir doirasida jurnalistlar Chirchiq sinov va sertifikatlashtirish markazi faoliyati hamda uning hududdagi ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorligi to‘g‘risida atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.

“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan reja-dasturiga asosan Navoiy viloyatida sayyor qabul tashkil etildi. Uchrashuv davomida viloyatning Navoiy shahri va Nurota, Karmana tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Standart namunalar va o‘lchovlarni bajarish uslubiyatlari ilmiy tadqiqot bo‘limi xodimlari M. Jabborov va T. Kim Yekaterinburg shahrida “Ural ilmiy tadqiqot metrologiya instituti” (FGUP) negizidagi “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish akademiyasi” qo‘shimcha professional ta’lim (FGAOU) standart namunalar metrologiya kafedrasida malaka oshirib qaytdilar.

Standartlashtirish, metrologiya va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti bazasida Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro (ISO) tashkilotining texnik qo‘mitalariga a’zo bo‘lgan mutaxassislar uchun seminar tashkillashtirildi.

Har qanday sertifikatdagi xalqaro tan olinadigan akkreditatsiya belgisining borligi u dunyoning istalgan burchagida nufuzli tashkilotlar tomonidan tan olinishini bildiradi.

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti qoshidagi o‘lchash funksiyasiga ega tibbiyot jihozlarini metrologiya tekshiruvidan o‘tkazishga ixtisoslashgan laboratoriya xodimlari Sh. Ismatullayev, A.Babojanov, T.Sherdilov hamda R.Asanovlar Qozog‘iston Respublikasining Olma-ota shahrida Fluke Biomedical hamda Ohmic Instruments kompaniyalarining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari bilan hamkorlik qiluvchi bo‘limida seminar-treningda ishtirok etib qaytdilar.

“O'zbek-Turk Test Markazi” qo‘shma korxonasining Sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish idorasiga 2015 yilda berilgan akkreditatsiya guvohnomasini tasdiqlash maqsadida Xalqaro akkreditatsiya forumining a’zosi (IAF) hisoblangan Turkiya akkreditatsiya organining (TURKAK) xalqaro ekspertlari tomonidan navbatdagi inspeksiya nazorati o‘tkazildi.

BIPM (Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi) va TUBITAK UME (Turkiya milliy metrologiya instituti) hamkorligida metrologiya yo‘nalishida yosh mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish loyihasida O‘zbekiston Milliy Metrologiya instituti xodimi Javohir Nosirov qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.