Yangiliklar



O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 14 oktyabrdagi 292-sonli "Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida "O'zstandart" agentligi tomonida me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqildi.

2015 yil 29 oktyabrda soat 10:00 da "O'zstandart" agentligining katta majlislar zalida “Idoraviy norma ijodkorligi sohasidagi yangiliklar” mavzusida seminar bo'lib o'tadi.

Joriy yilning 26 oktyabridan "O'zekspomarkaz" OAJ ko'rgazmali maydonchalarida IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasi bo'lib o'tmoqda.

2020 yilgacha bo‘lgan davrda milliy infratuzilmalar sifatini rivojlantirish Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida 2015 yil 19 oktyabrda 298-sonli qarori qabul qilindi.

Tashkilotning 2015 yil 9 oylik faoliyati yakunlari bo‘yicha 2015 yil 21 oktyabr kuni “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida “O‘zstandart” agentligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda “O‘zstandart” agentligining barcha tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalar va tizimdagi tashkilotlarning rahbarlari qatnashdilar.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.10.2015 yilda 292-sonli «Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi

Xalqaro standartlar kuni bilan respublikamizda faoliyat yurituvchi barcha standartlashtirish bo'yicha mutaxassislarni tabriklaymiz!

2015 yilning 30 sentyabrdan 1 oktyabrgacha davrda Moldova Respublikasining Kishinev shahridagi Standartlashtirish milliy institutida MDH mamlakatlari qatnashchilarining Halqaro standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish kengashining “Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni tasdiqlash sohasida informatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha Ishchi guruxning 33-chi va Standartlashtirish ilmiy-texnik komissiyasining 50-chi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.

“O’zstandart” agentligi tomonidan 2015 yildan boshlab Davlat reestriga kiritilgan akkreditatsiyalangan sertifikatlashtirish idoralari tomonidan berilgan  muvofiqlik sertifikatlarini qidiruv bo’yicha interaktiv xizmati joriy etildi.

Ishlatuvchilar sertifikatni blank raqami yoki ro’yxat raqami, berilgan muddati, STIR yoki arizachining nomi, mahsulot nomi, sertifikatni bergan sertifikatlashtirish idorasining nomi orqali topishlari mumkin.

Xar bir ishlatuvchi 2015 yilda berilgan muvofiqlik sertifikatini Davlat reestridan o’tkazilganligi haqidagi ma’lumotni tekshirib ko’rishi mumkin. Ushbu xizmat 2015 yilning yanvar oyida sertifikatlashtirish ishlarini hisobga olish bo’yicha axborotlashtirish tizimini joriy etilganidan keyin tadbiq etildi.

Mazkur xizmat havola  yordamida ishlatilishi mumkin.

Xizmat test tartibida ishlaydi.