Yangiliklar



O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan “2016 yilda agentlik tizimidagi sinov laboratoriyalarini rivojlantirish rejasi”ga muvofiq, Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi va uning hududiy markazlari qoshidagi akkreditlangan sinov laboratoriyalari yangi va zamonaviy o‘lchov vositalari va sinov uskunalari bilan ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat byudjeti parametrlari: axborot sohasining rivojlanish istiqbollari” mavzuida seminar o‘tkazildi. 

Gulistonda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. 

Mahsulot eksportiga ko‘mak

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi qarorining ijrosi yuzasidan “O‘zstandart” agentligi 

“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan 2016 yil uchun tasdiqlangan rivojlantirish rejasiga ko‘ra “Qo‘qon sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi o‘z mablag‘lari xisobidan CED DT-618 turidagi raqamli termoanemometr uskunasini sotib oldi. 

O‘zbekiston milliy matbuot markazida mamlakatimiz shaxmat federatsiyasining 2016-yil yakunlari va 2017-yildagi vazifalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

...Vatanimiz sharafini himoya qilish, davlatimiz bayrog‘ini doimo baland tutish bizning ham sportchi, ham harbiy ofitser sifatidagi muqaddas burchimizdir. Bu tuyg‘u bizga g‘ayrat-shijoat bag‘ishlaydi, yangi-yangi g‘alabalar sari ruhlantiradi. Har safar nufuzli musobaqalardagi g‘alabamdan so‘ng davlatimiz bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyamiz yangraganida, sportchi va harbiy sifatida O‘zbekiston farzandi bo‘lganimdan faxr-iftixor tuyg‘ulari qalbimda jo‘sh uradi. 

«O‘zekspomarkaz» majmuasida soliq va byudjet siyosatining 2017-yilgi asosiy yo‘nalishlari qabul qilingani munosabati bilan soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘z ishini boshladi.

Toshkent Fotosuratlar uyida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mening armiyam – mening faxrim!” deb nomlangan tanlov-ko‘rgazma o‘tkazildi.

“O‘zstandart” agentligi “Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi” Davlat korxonasida ushbu hisoblagichlarni iqlimiy, vibratsion, portlash xavfsizligi va metrologik xossalarini aniqlash maqsadida davlat sinovlari o‘tkazildi va ijobiy natijalar olindi.

"Metrologiya va metrologik ta’minot" – o‘lchashlar birliligi va talab qilingan aniqligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ilmiy, texnik va normativ-usuliy asoslar sohasi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida ham aholiga keng qulayliklar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bozorlar, zamonaviy savdo markazlari, turli xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bunyod etilib, foydalanishga topshirilayotir. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 7-yanvarda Prokuratura organlari xodimlari kuni oldidan bir guruh soha xodimlari bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi "Tadbirkor ayol" ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti (biznes ombudsman) – tadbirkor ayollar faoliyati rivoji yo‘lida" mavzuida videoseminar o‘tkazdi.

Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida, qanday turga kirishidan qat’iy nazar, ularni yoqilg‘i tarqatish kolonkalari kabi asbob-uskuna bilan jihozlamasdan barqaror, unumli va sifatli ish bo‘lishi mumkin emas. Aynan ushbu jihoz vositasida yoqilg‘i berilishi, uning nazorati, o‘lchanishi va hisobga olish ishlari amalga oshiriladi. Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi statsionar, konteynerli yoki mobil bo‘lsin, ushbu jihozsiz yoqilg‘i quyish shoxobchasining ishini amalga oshirib bo‘lmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev – mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashdi.

Yakun va rejalar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va ilm-fan, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksining 2016-yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlarning 7 744 tasi Toshkent shahri, 11 193 tasi Samarqand, 10 879 tasi Toshkent, 8 120 tasi Qashqadaryo, 7 384 tasi Andijon, 6 668 tasi Farg‘ona, 5 720 tasi Surxondaryo, 5 610 tasi Jizzax, 4 539 tasi Buxoro, 4 342 tasi Namangan, 4 147 tasi Xorazm, 2 370 tasi Sirdaryo, 2 278 tasi Navoiy viloyatlari va 2 842 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri keladi.

Ushbu korxonalarning 351 tasi Toshkent shahriga, 48 tasi Toshkent, 19 tasi Samarqand, 18 tasi Andijon, 14 tasi Farg‘ona, 9 tasi Buxoro, 9 tasi Sirdaryo, 7 tasi Surxondaryo, 5 tasi Xorazm viloyatlariga va 10 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri keladi. Ro‘yxatga olingan yangi korxonalarning 102 tasi Rossiya Federatsiyasi, 95 tasi Xitoy Xalq Respublikasi, 55 tasi Koreya Respublikasi, 35 tasi Buyuk Britaniya, 33 tasi Qozog‘iston Respublikasi, 31 tasi Turkiya Respublikasi, 21 tasi Hindiston Respublikasi, 14 tasi Eron Islom Respublikasi va 10 tasi Ozarbayjon Respublikasi rezidentlari kapitali ishtirokida tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 31-oktabrdagi "Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori bu sohadagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim huquqiy asos bo‘ldi.