Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi koʻmagida Yevropa Ittifoqi (YEI) tomonidan moliyalashtiriladigan, Halqaro savdo markazi (ITC) tomonidan amalga oshiriladigan “Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishiga koʻmaklashish” loyihasi doirasida joriy yilning 15-17-iyun kunlari muvofiqlikni baholash xodimlari uchun ISO/IEC 17025 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga qoʻyilgan umumiy talablar” standarti boʻyicha oʻquv seminari tashkil etildi.