Yangiliklar



Bugun mamlakatimizda, ayniqsa, poytaxtimizda transport vositalari ko‘payib bormoqda. Bu odamlarimizning turmush darajasi yuksalayotgani, yurtimiz yildan-yilga farovonlashayotganining isbotidir. Zero, keng ko‘lamli islohotlardan ko‘zlangan maqsad ham aholi turmush darajasini oshirish, inson manfaatlarini to‘la ta’minlashdir. 

Tasdiqlangan rejaga asosan, to‘qimachilik laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan xalqaro me’yoriy xujjatning sinov metodlari asosida sinovlar o‘tkazildi.

"Agar mendan dunyodagi eng aziz ne’mat nima, deb so‘rashsa, hech ikkilanmay tinchlik, deya javob berardim. Buni biz kabi Ikkinchi jahon urushining dahshatli uqubatlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rganlar hammadan ko‘ra yaxshiroq biladi. Bugungi dorilomon, tinch-totuv kunlarni, to‘kin va farovon hayotni ko‘zlarimga surtgim keladi".

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va ilm-fan, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi sohalarining 2017-yilning birinchi choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va iqtisodiy islohotlarning bajarilishiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

“Farg‘ona sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining akkreditatlangan sinov majmuasining elektrotexnix mahsulotlari sinov laboratoriyasi uchun zamonaviy elektron shtangensirkul o‘lchash vositasi sotib olindi.

Hamkorlik istiqbollari

Joriy yilning 3 aprel kuni “O‘zstandart” agentligida Turkiya Davlatidan tashrif buyurgan, “TurkAK” xalqaro akkreditatsiya idorasining Bosh sekretari Doktor Halil Ibrahim Chetin bilan agentlik Bosh direktori A. Xaitovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yosh avlodga internet tarmog‘ida qulay, xavfsiz muhit yaratish, ma’rifiy resurslardan yagona nuqtadan foydalanishni tashkil qilish maqsadida «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan «ZiyoNET» tarif rejasi joriy qilindi. Xalqaro tajriba asosida tatbiq etilayotgan ushbu tizim xavfsiz internet resurslaridan ommaviy foydalanish imkonini beradi.

Do‘rmonda Navro‘z

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining «Do‘rmon» ijod bog‘ida Navro‘z bayrami nishonlandi. Shu munosabat bilan ushbu so‘lim go‘shada yozuvchi va shoirlar, ma’naviyat, madaniyat, san’at va ilm-fan sohasi fidoyilari jam bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksey Millerni qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 30-mart kuni videoselektor majlis bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlash, kommunal, sog‘liqni saqlash sohalari, ichki ishlar tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

2017-yil 28-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi ochildi. Majlisda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. 

Bu shior har yili http://www.worldmetrologyday.org/ havolasida maxsus dizaynlar asosidagi posterlarda e’lon qilinadi. Posterning ingliz, fransuz va o‘zbek tilidagi shakllari bilan yuqoridagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

«O‘zekspomarkaz»da oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi sohasiga ixtisoslashgan «WorldFood Uzbekistan – 2017» va «AgroWorld Uzbekistan – 2017» xalqaro ko‘rgazmalari ochildi.

Navoiyda innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar hududiy yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 28-mart kuni Navoiy viloyatiga keldi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Navoiy issiqlik elektr stansiyasini kengaytirish loyihasi bilan tanishdi.