Yangiliklar



Bir turdagi mahsulotlar uchun yagona talablarni belgilash maqsadida va tadbirkorlik sub’ektlariga yengilliklar yaratish uchun “Axborot-ma’lumot markazi” DK tomonidan davlat standartlari loyihasi ishlab chiqildi

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida me’yoriy hujjatlar bilan axborot ta’minoti samaradorligini oshirish maqsadida “Uzstandart” agentligi tomonidan, mahsulotlarning katalog varaqlarini yuritish va boshka talablariga rioya qilish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlangan

Joriy yilning 26 may kuni MCHJ «O'zbek-Turk Test Markazi» QK qoshidagi Sinov laboratoriyalari majmuasining “To'qimachilik laboratoriyasi”, “TURK AK” akkreditaciya idorasi tomonidan TS EN ISO 17025-2012 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentliligiga qo'yiladigan umumiy talablar” bo'yicha birinchi inspekciya nazorati muvaffaqiyatli o'tkazildi.

Jahon bozorlariga chiqish yo‘lida

Ma’lumki, mamlakatimiz aholisining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, bozorlarimizni arzon va sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan yanada to‘ldirish, xalqimizning ehtiyojidan oshiqcha mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport qilish ko‘lamini kengaytirish, shu orqali qishloq mehnatkashlarining daromadini oshirish, yurtdoshlarimizning turmush farovonligini yuksaltirish muhim ahamiyatga ega.

Joriy yilning 21 may kuni “O‘zstandart” agentligida, Xitoy Xalq Respublikasining standartlashtirish boshqarmasi (Standardization administration of China) va Xitoy Avtomobil texnologiyasi va tadqiqot markazi (China Automotive Technology and Research Center) prezidenti janob Yu.Kai boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Har yili Butun jahonda 20 may metrologiya kuni sifatida keng nishollab kelinadi. Shu munosabat bilan “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston Milliy metrologiya institutining tashabbusi bilan ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

«Kodeks Alimentarius» Komissiya qo‘mitasining 24 – sessiyasi AQSh ning Illinoys shtatining Chikago shahrida bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 03 may kuni “O‘zstandart” agentligiga Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Szin Yuylun raxbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

“O‘zstandart” agentligi “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi, uning xududiy markazlari hamda “O‘zbekiston Milliy Metrologiya Instituti” davlat korxonasi tomonidan, olis xududlarda joylashgan aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida 40 ta metrologik xizmat ko‘rsatish shaxobchalari ish olib bormoqda.

2018 yil 27 aprel kuni “O’zstandart” agentligida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)-ning O’zbekistondagi Ofisi direktori janob Son Song Il boshchiligida Koreyaning “Hyundai Asan” va “Korea Testing Certification” kompaniyalarining mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Samarqand shahrida 2018 yil 20-22 aprel kunlari O’zbekiston va Tojikiston davlatlari ishbilarmon doira vakillari ishtirokida O’zbekiston-Tojikiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat markazidan uzoqda joylashgan aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida Xorazm viloyati Shovot tumanida metrologik xizmat ko‘rsatish shaxobchasi ishga tushirildi.

Siz nima deysiz?

Ma’lumki Respublikamizda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash muhim vazifa hisoblanadi. Ayniqsa bozorlar va savdo majmualarida sifati kafolatlangan, tegishli sertifikatlar asosida mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish dolzarb muhim masalaga aylandi.

Eksport qiluvchilarga ko‘mak

“O‘zstandart” agentligi “RSSM” davlat korxonasining Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi tomonidan respublikamizdagi tadbirkorlik sub’ektlariga o‘z mahsulotlarini eksport qilishda ko‘maklashish maqsadida tabiiy asal mahsulotining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha qiyosiy ma’lumotlar shakllantirildi.

Joriy yilning 10 dan 12 apreligacha Bosniya va Gersegovinaning Sarayevo shahrida KOOMET Etalonlar bo‘yicha birlashgan qo‘mitaning 16-chi yig‘ilishi va KOOMET Qo‘mitasining 28-chi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 12 aprel kuni “O‘zstandart” agentligiga Tailand davlatining Chulalongkorn universiteti, Xalol Ilmiy Markazidan professor doktor Vinay Daxlan raxbarligida 60 kishidan iborat delegatsiya tashrif buyurdi

Joriy yilning 11 aprel kuni “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tashabbusi, Hilfswerk Austria International xamda “O‘zstandart” agentligi xamkorligida Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiyot komissiyasi standartlarini (YeEK OON standartlari) joriy etish va ilgari surish mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.