Yangiliklar



«2017-2018-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi» ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimovning tashabbusi bilan Samarqand Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Samarqand Sinov va sertifikatlashtirish markazi hamkorligida seminar tashkil etildi.

Chirchiq sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi tomonidan joylarda axoli bilan ochiq muloqatlar uyushtirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Kuni kecha markazning ma’sul xodimlari ishtirokida Toshkent viloyatining Yuqori-Chirchik tumanida ochiq muloqat tarzidagi uchrashuv maxallasi raislari, maxalla faollari va axolisi uchun uyushtirildi.
 

Joriy yilning 7 iyul kuni Namangan viloyatida «O‘zstandart» agentligining Xalqaro munosabatlar boshqarmasi hamda Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazi hamkorligida Halol va GLOBAL G.A.P standartlarini rivojlantirish bo‘yicha hududiy seminar tashkil etildi.

Hozirgi vaqtda yurtimizda barcha oliy o‘quv yurtlarida diplom oldi himoya qilish yakuniy imtixonlari bo‘lib o‘tmoqda.

2018 yil 3 iyulda  “O’zstandart” agentligida sertifikatlashtirish organlari ishtirokida texnik jihatdan tartibga solish va muvofiqlikni baholash sohalaridagi dolzarb masalalar va mavjud muammolarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Eksport qiluvchiga yordam!

Siz tomondan ishlab chiqarilayotgan  qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Yevropa bozorlariga eksport qilishga qulaylik yaratish maqsadida GLOBAL G.A.P. idorasi tomonidan tasdiqlangan va tan olingan  dunyodagi mavjud sertifikatlashtirish va akkreditatsiya idoralarining to‘la ro‘yxati e’tiboringizga taqdim qilinadi.

“O’zstandart” agentligi “Axborot-ma’lumot markazi” DK va “Kozog‘iston standartlashtirish va sertifikatlashtirish instituti” Respublika davlat korxonasi o‘rtasida “Kataloglashtirish” MAT (Mintaqaviy axborot tizimi) ga qo‘shilish kelishuvi imzolandi.

“O’zstandart” agentligi mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda mahsulot ishlab chiqaruvchilarni, eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Samarqand viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan grafikka asosan agentlikning Samarqand hududiy boshqarma va markazi tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida tushuntirishlar o‘tkazish hamda seminar va davra suhbatlari tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

“O’zstandart” agentligining tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro anjuman mehmonlari belgilangan dasturga asosan qadimiy va navqiron Samarqand viloyatiga tashrif buyurdilar.

«Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risida»gi Umumiy texnik reglamentiga o‘zgartirish kiritish loyihasi tayyorlandi.

Jeneva shaxrida Xalqaro simpozium

Joriy yilning 25-27  iyun kunlari Shvetsariya davlatining Jeneva shaxrida Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiyot komissiyasi ixtisoslashtirilgan bo‘limining 65-sessiyasi va “Barqaror kelajak uchun quritilgan mevalar”  mavzusida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 26 iyun kuni Davlatlararo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha kengashning 53-sonli yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

Joriy yilning 25-29 iyun kunlari “O‘zstandart” agentligining tashabbusi bilan Toshkent shahrida Davlatlararo Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha kengashning navbatdagi 53-sonli bo‘lib o‘tadi.

Buxoro Sinov va sertifikatlashtirish markazining tashabbusi bilan Buxoro muhandislik texnologiya instituti talabalari ishtirokida “O‘zstandart” agentligi tizimidagi qonunlari va me’yoriy hujjatlarini amaliy qo‘llanilishi bo‘yicha seminar tashkil etildi.

“O’zstandart” agentligida “PerkinElmer” kompaniyasi vakillari ishtirokida “Xalqaro standartlar bo‘yicha oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifat nazorati” mavzusida seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2018 yil ​​may oyining so’ngida Radisson Blu mehmonhonasida GlobalG.A.P standarti "GLOBALG.A.P. IFA VERSION 5 CAPACITY BUILDING & FARM ASSURER WORKSHOP" bo'yicha kansultatlar va auditorlarni tayyorlash uchun trening o'tkazildi.

“O’zstandart” agentligi xodimlari 2018 yil 29 maydan 1 iyungacha Moldova Respublikasining Kishinev shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro standartlashtirish tashkilotining (ISO) “Milliy standart va dasturlar loyihalarini ishlab chiqish menejmenti” mavzusidagi mintaqaviy seminarida ishtirok etyapti.