Yangiliklar



“VENTE TRADE” CO.LTD korxonasi (Tailand davlati) tomonidan ishlab chiqarilgan, yengil siropda konservalangan “Marinelle” xalqa shaklidagi ananas mahsulotini muvofiqligini baholash jarayonida quruq moddalar miqdori ko‘rsatgichi bo‘yicha GOST 33443-2015 “Konservы. Fruktы v sirope. Obщiye texnicheskiye usloviya” davlatlararo standarti talablariga nomuvofiqligi aniqlandi.
 

Pekinda (Xitoy Xalq Respublikasi) O‘zbekiston milliy metrologiya instituti delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasining Milliy metrologiya instituti bilan ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
 

Tadbirkorlar diqatiga!

«O‘zstandart» agentligining 2019 yil 11 oktyabrdagi 05-1073 sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining Davlat standarti O’z DSt 3413:2019 Qishloq xo‘jaligiga oid ishlab chiqarishni integratsiyalashgan boshqarish tizimi (GLOBAL G.A.P.) standarti qabul qilindi.

Muvofiqlikni baholash va akkreditatsiya sohasida Koreya Respublikasi bilan xamkorlikni yanada kengaytirish va mamlakatlar o‘rtasida texnik to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida “Akkreditatsiya markazi” DUK bilan Koreya akkreditatsiya kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha Anglashuv Memorandumi joriy yilning 27 oktyabr kuni Germaniyaning Frankurt-na-Mayn shahrida imzolandi.

Xalqaro seminar bo‘lib o‘tmoqda

Poytaxtimizda Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo kengashining Metrologiya bo‘yicha ilmiy-texnik komissiyasining 21-chi yig‘ilishi va metrologiya sohasidagi o‘quv seminari o‘z ishini boshladi.

“O‘zstandart” agentligida "LG Electronics Overseas Trading FZE" kompaniyasining O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston vakolatxonasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 14 oktyabr kuni “O‘zstandart” agentligida Germaniyaning Federal fizika-texnik instituti (PTB) ekspertlari Oliver Dittxardt, Klemens Sanetra, Kristian Seufert ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

"O’zbek-Turk Test Markazi" qo‘shma korxonasi qoshidagi “To‘qimachilik va poyafzal mahsulotlarini sinash laboratoriya”si TS EN ISO 17025-2017 "Sinash va kalibrlash laboratoriyalarining kompetentligiga qo‘yilgan umumiy talablar" bo‘yicha akkreditatsiya doirasi kengaytirildi va inspeksiyadan yangi tahrir bo‘yicha muvaffaqiyatli o‘tdi. Mazkur o‘rganish Turkiya akkreditatsiya idorasining “TURKAK” ekspertlari tomonidan o‘tkazildi.

Tadbirkorlik sub’ektlari diqqatiga

Bir turdagi mahsulotlarga yagona talablarni o‘rnatish maqsadida Davlat standartlari loyihalari ishlab chiqildi

Mamlakat eksport salohiyatini kengaytirish, eksport faoliyatining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini takomillashtirish, shuningdek, mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarishning kompleks tizimini o‘rganish maqsadida 

“Роскачество” tashkiloti tomonidan Rossiya Federatsiyasida 17 xil tez tayyorlanadigan lag‘mon mahsulotlarda toksinlar, pestitsidlar va tuzni me’yordan ortiq miqdori aniqlangan.

23-24 sentyabr kunlari Pragada qo‘shma O‘zbekiston-Chexiya iqtisodiy, sanoat va ilmiy texnik hamkorligi bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining sakkizinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Muvofiqlikni baholash sohasida Birlashgan Arab Amirliklari bilan ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash maqsadida, Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) Bosh assambleyasi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Akkreditatsiya Markazi (O’ZAKK) va Birlashgan Arab Amirliklarining Milliy Akkreditatsiya Tizimi (ENAS) o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.

Dunyoning 165 ta davlatlaridan ishtirok etayotgan Milliy standartlashtirish tashkilotlarining 700 tadan ortiq mutaxassislari, xalqaro tadbirida ISO 2030 rivojlanish strategiyasi loyihasi, ISO tizimi va xizmatlari, standartlashtirish sohasidagi rivojlanishning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlovchi muhim masalalari, iqtisodiyotning yuqori texnologik doiralarida standartlashtirishni rivojlantirish, standartlashtirishda davlat ishtiroki, davlatlararo hamkorlik, standartlashtirish sohasida IT-texnologiyalarining zamonaviy vosita sifatida qo‘llanishi oid masalalar o‘zaro muhokama qilinmoqda.

Hamkorlik istiqbollari

Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi bilan Xitoyning “China certification & inspection group” TOO “CCIC Almaty” kompaniyasi bilan muvofiqlikni baholash sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Avval habar berganimizdek, Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida “ISO WEEK 2019” tadbiri boshlandi. Ushbu tadbir doirasida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo kengashi (МГС) milliy idoralarining rahbarlari o’rtasida yig’ilish bo’lib o’tdi.