Qurbonov Abdusalam Qobulbekovich
"O'zstandart" agentligi bosh direktori
Telefon: (+998 71) 246-17-63
Qabul kunlari: Seshanba, Juma 16-00 dan 18-00 gacha
Elektron pochta: uzst@standart.uz
Mirsaid Jamshid Gayrativich
"O'zstandart" agentligi bosh direktori o`rinbosari
Telefon: (+998 71) 249-15-90
Qabul kunlari: Chorshanba, Payshanba 16-00 dan 18-00 gacha
Elektron pochta: uzst@standart.uz
«O’zstandart» agentligi faoliyatiga yakkaboshilik asosida umumiy rahbarlik qiladi;
«O’zstandart» agentligi vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha qarorlar qabul qiladi va «O’zstandart» agentligiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o’z o’rinbosari vakolatini belgilaydi, «O’zstandart» agentligi tizimi boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini, o’z o’rinbosari va boshqa mansabdor shaxslarning «O’zstandart» agentligi faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik qilish va Agentlikka qarashli organlar va muassasalarning ishi uchun javobgarligi darajasini belgilaydi;
«O’zstandart» agentligi tizimi xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan buyruqlar, farmoyishlar, yo’riqnomalar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi;
xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida «O’zstandart» agentligi markaziy apparati, shuningdek Agentlikka qarashli organlar va muassasalar shtatlar jadvalini hamda xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
«O’zstandart» agentligining tarkibiy va hududiy bo’linmalari, shuningdek «O’zstandart» agentligi tizimiga kiruvchi boshqa idoraviy mansub organlar va muassasalar to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
«O’zstandart» agentligi markaziy apparati xodimlarini, hududiy boshqarmalar rahbarlarini, «O’zstandart» agentligi tizimiga kiruvchi boshqa idoraviy mansub organlar va muassasalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish, sifat va davlat nazorati bo’yicha organlar bilan hamkorlik masalalari yuzasidan idoralararo tusdagi xalqaro, davlatlararo shartnomalarni belgilangan tartibda imzolaydi;
Bosh direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
1974 yil Toshkent shahrida tug’ilgan.
Millati — o’zbek.
Ma’lumoti oliy.
1996 yil Toshkent kimyo texnologiya institutini tugatgan, mutaxassisligi bo’yicha muhandistexnolog.
1996 yildan 2002 yilgacha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish O’zbekiston davlat markazi
(«O’zdavstandart»)ning agrosanoat kompleksida standartlar, o’lchash vositalarining holati va sertifkatlashtirish qoidalari ustidan davlat nazorati bo’limi muhandisi, 1-toifali muhandisi, etakchi muhandisi lavozimlarida mehnat faoliyatini yuritgan.
2002 yildan 2004 yilgacha «O’zstandart» agentligi Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi bo’lim boshlig’i, boshqarma boshlig’i o’rinbosari lavozimlarida ishlagan.
2004 yildan 2008 yilgacha “O’zstandart» agentligi markaziy apparati Akkreditatsiya va inspektsiya nazorati boshqarmasining inspektsiya nazorati bo’limi boshlig’i, Standartlashtirish, davlat nazoratini muvofiqlashtirish va axborot texnologiyalarini joriy etish boshqarmasi boshlig’i lavozimida ishlagan.
2008 yildan 2012 yilgacha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo’jaligi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti etakchi mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.
2012 yilning oktyabr oyidan buyon mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli Uzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining o’rinbosari lavozimida davom etib kelmoqda.
J.Mirsaidov oilali, uchta farzandi bor.
«Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida», «Standartlashtirish to’g’risida», «Metrologiya to’g’risida», «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida», «Muvofiqlikni baholash to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonunlari ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtiradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hamda davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarining loyihalarini agentlik bo’limlari tomonidan ko’rib chiqilishini ta’minlaydi;
davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqishga doir faoliyatini o’z vakolati doirasida muvofiqlashtiradi hamda tashkil etadi;
umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish to’g’risida ishlarning olib borilishini tashkillashtiradi;
davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ekspertizadan o’tkazash ishlarini muvofiqlashtiradi;
xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish bilan bog’liq ishlarni tashkil etadi;
umumiy va maxsus texnik reglamentlar, standartlar, sertifikatlashtirish va metrologiya qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantirish bilan bog’liq ishlarning olib borilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi;
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo’yicha xalqaro standartlarni qo’llash asosida mahsulotlar sifatini va ularning raqobatbardoshliligini oshirish sohasida olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtiradi;
standartlashtirish, o’lchovlar yagonaligi, sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat ko’rsatishini va rivojlantirilishini, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishni, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo tizimlar va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg’unlashtirilishini ta’minlaydi;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi va sifati, o’lchovlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya etilishi yuzasidan iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish dasturlarining loyihalarini ishlab chiqishni ta’minlaydi;
bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditatsiya qilingan organlar va sinov laboratoriyalari (markazlari) sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etishi ustidan va sertifikatlangan mahsulotlar ustidan davlat tekshiruvi va nazorati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
«O’zstandart! agentligi tizimida axborot-kommunikatsion texnologiyalarining joriy etilishini ta’minlaydi.