Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi "KARAKALPAK BASALTWOOL" masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda Xo‘jayli tumanida faoliyat yurituvchi "CAPITAL UNITED PARTNERS" masʼuliyati cheklangan jamiyatida oʻrganish olib borildi.

Bazalt mineralidan issiqlik saqlovchi materiallar ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan "KARAKALPAK BASALTWOOL" korxonasi vakillari bilan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining oʻrinbosari Odiljon Tohirov uchrashuv o‘tkazib, standartlashtirish, mahsulotlarni sinovdan oʻtkazish, muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirish, sifatni boshkarish tizimi joriy qilish va sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan maslahat berib oʻtdi.

Qozogʻiston Respublikasidan import qilingan va mahalliy boʻgʻdoydan 1-navli un mahsulotlari ishlab chiqarayotgan "CAPITAL UNITED PARTNERS" korxonasida muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish, sifatni boshqarish tizimlarini joriy qilish va sohaga oid boshqa masalalar muhokama qilindi.

Mazkur korxonalar masʼullari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishib olindi.