O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi hamda "Korzinka" savdo tarmog‘i o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur kelishuvning asosiy maqsadi — tovarlar sifatini nazorat qilish va sertifikatlashda yanada yuqori darajaga erishishdir.

Hujjatga ko‘ra "Korzinka"ga xaridorlar uchun mahsulot xavfsizligini oshirish imkonini beruvchi ilg‘or sifat nazorati usullarini birgalikda ishlab chiqish va joriy etish nazarda tutilgan.

Shuningdek, bir qator hamkorlar bilan birgalikda bugun nishonlanadigan Jahon sifat kuni munosabati bilan 15–16 noyabr kunlari media-tur o‘tkazadi. Tadbirlar Surxondaryo viloyatidagi "Korzinka" supermarketlarida bo‘lib o‘tadi va unda mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlariga e’tibor qaratilib, "daladan do‘konga" tamoyili alohida yoritiladi.