O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi "Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PF-124-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi rahbari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Azamat Pardayev so‘zga chiqib, Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi hamda 2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi ijrosini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning shaffof va sog‘lom raqobat tamoyiliga asoslangan tizimini, shuningdek, ijtimoiy foydali dasturlar samaradorligini oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘z fikr-mulohalazalarini bildirdi.

Bundan tashqari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi keng islohotlar, qonunlar, qaror va farmonlarda belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi. Tadbir yakunida Agentlik va tizim tashkilotlari xodimlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.