Bugungi kunda respublikamiz miqyosida energiya samaradorligi va tejamkorligi yoʻnalishida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar nafaqat mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, balki katta miqdordagi mablagʻlarni iqtisod qilish, uni boshqa istiqbolli loyihalar roʻyobi uchun yoʻnaltirish imkoniyatini yaratmoqda.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish usullari bo‘yicha navbatdagi seminar tashkil qilindi. Unda Agentlik va tizim tashkilotlari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-iyundagi "Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-222-son Qarorining mazmun-mohiyati yetkazildi. Seminar mobaynida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga Energiya menejeri tomonidan batafsil javob qaytarildi.