O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov raisligida agentlik va uning tizim tashkilotlari tomonidan joriy yilning yanvar–sentyabr oylari davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar hamda yil yakuniga qadar bajarilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida texnik jihatdan tartibga solish sohasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, hududlar bilan ishlash, sanoat korxonalarini o‘rganish va ularning muammolarini hal qilish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash, ilmiy-innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, laboratoriyalarni modernizatsiya qilish kabi muhim vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, kun tartibi doirasida masʼullarning hisoboti tinglanib, mavjud muammolarning yechimi bo‘yicha tavsiyalar berildi. Yig‘ilish so‘ngida, sohani yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.