O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Аkmal Jumanazarov hamda Tojikiston Respublikasi hukumati qoshidagi Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va savdo inspeksiyasi agentligi vakillari o‘rtasida o‘tgan uchrashuvda akkreditatsiya va muvofiqlikni baholash sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va sifat infratuzilmasini rivojlantirishga asosiy urg‘u berildi.
Tojikiston Respublikasi hukumati qoshidagi Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va savdo inspektsiyasi agentligining Sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sinash markazining sinov laboratoriyasi ISO/IEC 17025:2017 standarti talablariga muvofiq "O‘zbekiston akkreditatsiya markazi" DM tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
Taʼkidlash joizki, Аkkreditatsiya markazi xalqaro darajada tan olinib, Xalqaro laboratoriyalar akkreditatsiya qilish hamkorligi - ILAC tashkilotining ko‘p tomonlama Bitimini imzolagani hamda Global sifat infratuzilmasi indeksi - GQII boʼyicha yuqori oʼrinlarni egallab turganligi bois, xorijiy laboratoriyalarning ham Markaz tomonidan akkreditatsiya olishga boʼlgan qiziqishi kuchayib bormoqda.
Boshqa davlatlar, shu jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Belarussiya, Armeniya o‘zining laboratoriyalarni va organlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish niyatlarini bildirgan.
Huddi shunday Tojikiston Respublikasi hukumati qoshidagi Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va savdo inspektsiyasi agentligining Sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sinash markazi ham ISO/IEC 17025:2017 standarti talablariga muvofiqligi ijobiy baholandi.