O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro filiali tomonidan "Buxoro viloyatida xalqaro standartlar talablari asosida oʻlchash vositalariga metrologik xizmat koʻrsatish tizimini yaratish" nomli maqsadli grant loyihani amalga oshirish borasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda Innovatsion rivojlantirish agentligining tegishli buyrugʻi asosida Buxoro filialiga olinadigan namunaviy oʻlchash vositalari uchun 3 mlrd soʻm ajratish boʻyicha shartnomalar imzolanib, dastlabki ishlar boshlab yuborildi.
 
Loyiha doirasida "TEK KNOW BALTIK" JSC taʼsischisi Edvard Neverkevich tomonidan xarid qilinishi lozim boʻlgan uskunalardan baʼzilari olib kelinib, ularning xususiyatlari, ishlash prinsiplari, aniqlik darajalari va qoʻllash usullari toʻgʻrisida seminar oʻtkazildi. Seminarda filial xodimlaridan tashqari "BNQZ", "Inter injenering" LTD, "Lukoyl opereyting" MCHJ, "Hududgaztaʼminot" Buxoro filiali, "Aziya trans gaz" qo‘shma korxonasi vakillari ishtirok etib, oʻzlarini qiziqtirgan koʻplab savollarga javoblar oldi.