Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha ishchi guruhining Birinchi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Rossiya Federatsiyasining Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya federal agentligi (Rosstandart) rahbari o‘rinbosari Kuzmin Aleksandr Mixaylovich bilan uchrashdi.
Uchrashuvda texnik jihatdan tartibga solish sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Rosstandart agentligi ekspertlari bilan “Nomuvofik maxsulotlarni savdodan chaqirib olish bo‘yicha axborot tizimi - Rossiya tajribasi” bo‘yicha fikr almashildi.
Rosstandart agentligi ekspertlari bilan “Nomuvofik maxsulotlarni savdodan chaqirib olish bo‘yicha axborot tizimi - Rossiya tajribasi” bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish yuzasidan mahsulotlar ro‘yxatini ko‘rib chiqish, Rossiya standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita vakillari bilan uchrashuv o‘tkazish, "O‘zbekistonga metrologiya sohasida texnik ko‘mak ko‘rsatish to‘g‘risida hukumatlararo bitim” doirasida kelishilgan ro‘yxatga muvofiq uskunalar yetkazib berish jadvalini imzolash, Rossiya milliy metrologiya institutining zamonaviy sinov laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishish va tajribasini o‘rganishga kelishildi.