O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Avstriya Standartlashtirish tashkiloti (Austrian Standards International) bilan videokonferensiya tarzida uchrashuv o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun: Avstriya Standartlashtirish tashkiloti (Austrian Standards International) faoliyati 1920-yildan boshlangan. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO), Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC), Yevropa standartlar tashkiloti (CEN-CENELEC) a’zosi. ISO tashkilotini 361 ta texnik qo‘mitasida to‘laqonli, 86 ta texnik qo‘mitasida kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi va 3 ta Sekretariatni boshqaradi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Avstriya standartlashtirish sohasida hamkorlik munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, standartlashtirish sohasida hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, texnik qo‘mitalar faoliyatini takomillashtirish, xalqaro standartlarni joriy etish va kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston-Avstriya o‘rtasida soha yo‘nalishida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, tomonlarning ulkan salohiyatidan to‘liq foydalanish, yangi istiqbolli loyihalarni kengaytirish va yanada chuqurlashtirish bo‘yicha fikrlar almashildi.
Eksport bozorlarini kengaytirish maqsadida savdodagi texnik to‘siqlar, eksport-import mahsulotlarga qo‘yilgan talablarga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida Texnik jixatdan tartibga solish agentligi va Avstriya Standartlashtirish tashkiloti (Austrian Standards International) o‘rtasida hamkorlik yuzasidan anglashuv memorandumi imzolashga kelishildi.