Jizzax shahrida faoliya yuritayotgan “Art zamin tekstil” korxonasida ip-kalavadan mato to‘qilmoqda. Mazkur korxonada mahsulot sifatining yuqori bo‘lishiga asosiy e’tibor qaratilgan. Hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ichki bozorga yo‘naltirilmoqda.

 

Kuni kecha  O‘zTTSA “UzTYeST” markazi Jizzax filiali mutaxassislari korxonada bo‘lib korxonada xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha keng tushunchalar berishdi.

Shu bilan birga, korxonaga kelgusida ishlab chiqariladigan yangi turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish, eksport geografiyasini ochish uchun xorijiy davlatlar standartlari talabi doirasidagi eng birinchi harakatlar yuzasidan ma’lumotlar berilib, sohaga oid qonunchilik talablari aytib o‘tildi.