Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Milliy tiklanish DP Fraksiyasi a’zolari bilan "O‘zstandart" agentligi rahbariyati va tizim tashkilotlari mas’ullarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda jarayonida "O‘zstandart" agentligiga yuborilgan Parlament so‘rovida ko‘tarilgan masalalar muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuvda jarayonida "O‘zstandart" agentligiga yuborilgan Parlament so‘rovida ko‘tarilgan masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda Agentlik rahbariyati tomonidan ko‘rgazmali ma’lumotlar tayyorlanib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar, yechimini kutayotgan masalalar hamda kelgusida mo‘ljallangan rejalar xususida batafsil axborot berildi.
Xalqaro me’yorlar asosida mahsulotlarni baholash sinov laboratoriyalarini rivojlantirish borasida Agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar doirasida boshqa daxldor vazirlik, idoralar hamda xususiy sektor tomonidan olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar xususida savol javoblar tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv Parlament so‘roviga yuborilgan javobda berilgan aksariyat masalalarni ochib bergan holda Qonunchilik palatasi va Agentlikning mamlakatimizda mazkur sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha hamkorligini yangi bosqichlarga ko‘taradi.