O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2019-2021 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish Dasturiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 iyuldagi 451-son qarori (https://lex.uz/docs/4909963) bilan “Bolalar o‘yinchoqlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamenti tasdiqlandi.
Texnik reglament bolalar o‘yinchoqlari xavfsizligi, bolalar va ularga qarovchi shaxslarning hayotini muhofaza qilish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib bolalar o‘yinchoqlarini xavfsiz ishlab chiqarish hamda sotish talablarini belgilaydi.
Texnik reglamentga muvofiq yong‘in xavfsizligi, kimyoviy xavfsizlik, toksikologik-gigiyenik xavfsizlik, elektr xavfsizlik, radiatsion xavfsizlik, mikrobiologik xavfsizlik, qadoqlashga oid xavfsizlik, tamg‘alashga oid xavfsizlik va boshqa xavfsizlik talablari belgilangan bo‘lib jumladan:
- bolalar o‘yinchog‘ining tarkibida portlash xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar va materiallardan iborat bo‘lmasligi;
- elektr o‘yinchoqlarda, shuningdek, ularning tarkibiy qismining birortasida ham nominal kuchlanishi 24 V dan oshmasligi kerakligi;
- o‘yinchoqlarga ikkilamchi xomashyolar, ya’ni boshqa maqsadlarda ishlatilgan va qayta ishlash natijasida olingan xomashyolarni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmasligi;
- o‘yinchoqlar ma’naviy-axloqiy, psixologik xavfsizlikni ta’minlashi hamda «ommaviy madaniyat»ni targ‘ib etmasligi;
- o‘yinchoq tamg‘asida belgilangan tartibda berilgan muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlangan milliy muvofiqlik belgisi bo‘lishi;
- uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallanmagan o‘yinchoqlarga yosh guruhi ko‘rsatilgan, taqiqlovchi shartli grafik belgi qo‘yilgan bo‘lishi shartligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Bundan tashqari o‘yinchoqlarda:
- foydalanuvchiga kuyish xavfini keltirib chiqaruvchi tarkibida qizdirish elementi mavjud bo‘lgan o‘yinchoqlarni ishlab chiqarish taqiqlanadi;
- lazerli nurlanish tizimining har qanday turidan foydalanish taqiqlanadi;
- oziq-ovqat mahsulotlarida va (yoki) oziq-ovqat mahsulotlari bilan chakana savdoga chiqarilgan bolalar o‘yinchoqlari o‘zlarining alohida qadoqlariga ega bo‘lishi talab etiladi;
Mazkur reglament rasman e’lon qilingan kundan boshlab 12 oy o‘tgandan keyin amalga kiritiladi.