Bugun tongda Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori dambasidan suv chiqqan. Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan tezkor chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Xususan, suv ombori yaqinidagi qishloqlar aholisi evakuatsiya qilinmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev zudlik bilan Sirdaryo viloyati Sardoba tumaniga yetib keldi.
Vaziyat toʻliq nazoratga olingan, sarosimaga tushishga asos yoʻq.