Yangiliklar



“Ma’muriy islohotlar doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-111-sonli Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimligi, OʻzTTSA “UzTEST” markazi, Departament hamda “O‘zMMI” masʼullari tomonidan “Evropa ittifoqining “GSP+” tizimi doirasida imtiyozga ega bo‘lgan mahalliy mahsulotlarning Yevropa bozorlariga eksportini kengaytirishga oid xalqaro standart tizimlarini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturlari” mavzusida viloyatda faoliyat olib borayotgan ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxonalar vakillari uchun seminar-trening tashkil qilindi.

Kecha Oʻzbekiston  texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qoʻmitasi Kichik va oʻrta biznes korxonalari departamenti direktori Yens Byolman boshchiligidagi Germaniya ishbilarmon doiralari vakillari hamkorligida mahalliy eksportyor korxonalar uchun seminar tarzida davra suhbati tashkil qilindi.
.

Samarqandda til bayrami...

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil toʻlishi munosabati bilan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Samarqand viloyati hududiy filiallari xodimlari ishtirokida “Ona tilim gʻururim, faxrim” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Unda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, Oliy Majlis Senati aʼzosi, “Zarafshon” gazetasi bosh muharriri, shoir F.Toshev, OʻzTTSA Bosh direktori matbuot kotibi R.Rasulov, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti matbuot kotibi  A.Toʻrayev, Samarqand viloyati maʼnaviyat va maʼrifat markazi targʻibotchilari O.Shodiyeva, M.Mamatovalar ishtirok etishdi.
 

Innovatsion g’oyalar haftaligida ilk bor O‘zTTSA O‘zbekiston milliy metrologiya instituti ham o‘z taqdimoti va ko‘rgazmasi bilan ishtirok etmoqda. Yurtimizda o‘tkazilayotgan bu kabi ko‘rgazmalar yosh olimlar va izlanuvchilar uchun minbar vazifasini o‘taydi. Tadbir qatnashchilari o‘z iqtidori va salohiyati natijalari – ilmiy ishlanmalarini namoyish etishlari uchun muhim ahamiyatlidir.

Mamlakatimizda ham korrupsiya illatiga qarshi kurashishga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Shu munosabat bilan kecha  O‘zTTSA O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Chirchiq filialida “Korrupsiyaga qarsh kurash davr talabi” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  Yig‘ilishda Chirchiq shahar IIB xodimi kapitan B.Dovov mavzuga doir ma’ruza o‘qidi.

 

O‘zTTSA O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro hududiy filali  mas’ullari G‘ijduvon tumani “Zafarobod” aholi yashash maskanida olib borilayotgan qurilish maydonida “Acwa Pover” loyiha guruhi rahbari Alpin Karain va “China Energy International Enginering CO.LTD”ning “Bash qurilish maydoni” direktori Li Yanpin bilan uchrashib, qurilish ta’mirlash ishlarining borishi, o‘lchash vositalari hamda sinov jihozlarining davlat ko‘rigidan o‘tkazilish holati, ob’ektni ishga tushirilganidan keyingi hamkorlikda amalga oshiriladigan masalalar kelishib olindi.

Xalqaro standartlashtirish kuni

Har yili butun dunyo bo‘ylab bayram etakchi xalqaro standartlashtirish tashkilotlari (IEC, ISO va ITU) rahbarlari tomonidan belgilanadigan ma'lum bir shior ostida o‘tkaziladi.

2023-yilda u 2021-yilda boshlangan mavzuni davom ettiradi: “Yaxshiroq dunyo uchun umumiy qarash. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish standartlari”, 3-Barqaror rivojlanish maqsadiga (SDG) erishishda standartlarning roliga e'tibor qaratib, “Sog'lom hayotni ta'minlash va barcha yoshdagilar uchun farovonlikni rag'batlantirish”.

Biz korrupsiyaga qarshimiz...

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari ishtirokidagi Korrupsiyaga qarshi tadbirlar agentlikning Sirdaryo, Surxondaryo, Andijon filiallarida ham oʻtkazildi.

Sohaga doir maslahatlar berildi

OʻzTTSA “UzTEST” markazi Jizzax filiali xodimlari kuni kecha ushbu korxonalarda boʻlib, sohaga doir masalalar yuzasidan suhbat olib borishdi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” DM Samarqand filiali xodimlari Payariq tumanida joylashgan trikotaj mahsulotlarini  ishlab chiqaruvchi “Global Tex” MCHJ  korxonasida bo‘lib,  ishlab chiqarish jarayonlari va korxonaga xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Davlat nazorat departamenti Navoiy viloyati boʻlimi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Navoiy  viloyati boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda viloyatdagi eksporter va mahalliylashtirish dasturiga kirgan korxonalarga sohaga oid amaliy yordam koʻrsatib kelishmoqda.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi  “UzTest” DM Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali tomonidan mahalliy eksportyor korxonalarga xalqaro standartlarni joriy etish boʻyicha tizimli hamkorlik ishlari olib borilmoqda.
 

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” DM Samarqand filiali xodimlari Nurobod tumanida joylashgan kir yuvish mashinalari va alyumin radiotar mahsulotlarini  ishlab chiqaruvchi “TESPACK INVESTMENT” MCHJ  korxonasida bo‘lib,  ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar hamda hozirda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
 

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi koʻmagida Yevropa Ittifoqi (YEI) tomonidan moliyalashtiriladigan, Xalqaro savdo markazi (ITC) tomonidan amalga oshiriladigan “Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishiga koʻmaklashish” loyihasi doirasida bugun soha yoʻnalishidagi davlat va xususiy sektordagi mutaxassislar uchun   oʻquv seminari tashkil etildi.
 

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” DM Samarqand filiali ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxonalar hamda tadbirkorlik sub’yektlariga muvofiqlikni baholash bo‘yicha amaliy yordam va laboratoriya xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda.

 

Texnik jihatdan tartibga solish agentligining davlat nazorat departamenti Surxondaryo viloyati bo‘limi, “O‘zMMI” va “UzTЕST” Surxondaryo filiallari mutaxassilari ishtirokida “Korrupsiyaning salbiy oqibatlari...”  mavzusida bo‘yicha seminar tadbiri o‘tkazildi.

Ma’lumotlar almashildi

Kuni kecha “UzTЕST” markazi Jizzax filiali mutaxassislari Jizzax shahar erkin iqtisodiy hududida joylashgan Bojxona terminalida bo‘lishdi. Bu yerda bojxona sohasi vakillari bilan olib borilayotgan hamkorlik ishlari, kelgusida yanada samarali faoliyat olib borish yuzasidan muzokara olib borildi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining “UzTest” DM Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan hududdagi ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxonalarga amaliy yordam va konsultativ xizmatlar ko‘rsatilib kelinmoqda.

OʻzTTSA “UzTEST” markazi Jizzax filiali tomonidan ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxonalar hamda tadbirkorlik subektlariga amaliy yordam va labaratoriya xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda. Hamkorlarga sohaga doir sifatli xizmat koʻrsatish uchun filialda yetarlicha malakali xodimlar va yuqori aniqlikdagi zamonaviy laboratoriya jihozlari mavjud.

OʻzTTSA “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” Jizzax filialining Sertifikatlashtirish boʻlimi xodimlari viloyatda joylashgan sanoat korxonalari bilan sohaga oid keng koʻlamli hamkorlik ishlarini yoʻlga qoʻyishgan.