Yangiliklar



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, qurilish mahsulotlari sohasidagi xalqaro standartlar ro‘yxati belgilab olindi.

“O‘zstandart” agentligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda respublikamizda amalda bo‘lgan 207 ta (jumladan 24 tasi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun) sanitariya-gigiyena me’yorlarini xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish ishlari olib borilmoqda.
 

“O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi” to‘g‘risidagi qonun 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining O‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasida metrologiya sohasida ikki tomonlama manfaatli aloqalarni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat korxonasi va Belorusiya davlat metrologiya instituti (BelGIM) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda shafqatli bo‘lish kerak emas

“Hokimiyatni pulga sotib olganlar undan foyda olishni istaydi”, degan edi faylasuf Arastu. Qadimgi Grek faylasufi yashab o‘tgan davrdan beri qancha suvlar oqib o‘tdi. Ammo korrupsiya bilan bog‘liq muammo o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Buning ustiga unga qarshi kurashishda samarali qurol ham yaratilmagan.

Konstitutsiyamizning qabul qilingan kunning 27 yilligi munosabati bilan “O‘zstandart” agentligida davra suhbati tashkil etildi.

Oʻzbekiston olgʻa ildamlamoqda

Rossiya Federatsiyasida chop etiladigan yetakchi nashrlardan biri – “Moskovskiy komsomoles” gazetasining 2019-yil 3-dekabr sonida taniqli jurnalist Mixail Rostovskiyning mamlakatimizda kechayotgan islohotlarga bagʻishlangan “Oʻzbekiston olgʻa ildamlamoqda” nomli maqolasi eʼlon qilindi. Quyida ushbu maqolaning tarjimasi berilmoqda.

 

Xalqaro hamjamiyat tomonidan “Tashkilot va muassasalarda korrupsiyaga qarshi kurash standartlari” qator mamlakatlar tajribalarga tayangan holda ishlab chiqilgan. Bu standart ISO 37001 – “Pora olish va berishga qarshi kurashish menejment tizimi” deb yuritiladi.

Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturiga asosan, “O‘zstandart” Agentligining Standartlar instituti Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi tomonidan standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya, muvofiqlikni baholash va menejment tizimlari bo‘yicha “2020 yilda Standartlar institutida tashkilotlar va korxonalarning rahbar xodimlari va mutaxassislari malakasini oshirish Reja-jadvali ” ishlab chiqildi.

Tadbirkorga e’tibor

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida, xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari (ILAC, IAF) ga a’zo davlatlarning sertifikatlari taqdim etilganda, tadbirkorlik sub’ektlari o‘zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiradigan maxsus va qishloq xo‘jaligi texnikasi, texnologik uskunalar va ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, nooziq-ovqat xom ashyo, materiallar va buyumlar majburiy sertifikatlashtirishdan ozod qilindi.

 “O‘zstandart” agentligi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining Nanking shahrida, Nanking bozorlarni tartibga solish Administratsiyaci (NJAMR) rabariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi mutaxassislari Xitoy Xalq Respublikasi oziq-ovqat mahsulotlarining yorliqlanishiga bo‘lgan talablari yuzasidan hududlardagi “Jizzax Agro trade” , “SIRDARYA-BEANS-EXPORT”, “SERJILO BOYOVUT” kabi 50 dan ortiq korxonalarda targ‘ibot ishlarini olib bordilar.

Ommaviy axborot vositalari xodimlari navbatdagi media-tur davomida Sirdaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan “Bek klaster” va “Dehqonobod anori” ishlab chiqarish korxonalarida bo‘ldilar.

Respublikada tarmoqlarni sifatli metallprokat mahsuloti bilan ta’minlash, hamda qora metall prokatiga yagona talabni belgilash maqsadida, «Qurilishda foydalaniladigan qora metallardan olinadigan metall mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risida»gi mahsus texnik reglament loyihasi ishlab chiqildi.

“O‘zstandart” agentligi tizimidagi o‘lchash laboratoriyalarini modernizatsiya qilish va qayta jihozlash maqsadida 51 dona uskunalar xarid qilinib, 53 ta metrologik tekshiruv uslublari joriy qilindi.

Xalqaro Memorandum imzolandi

Standartlar instituti AQShning (ASTM) xalqaro akkredatsiya tashkiloti tomonidan tan olingan, Osiyo va Yevropaning qator davlatlarida sertifikatlashtirish va audit tekshirish ishlarini amalga oshirayotgan “TURKSERT” setrifikatlashtirish xizmatlari kompaniyasi bilan “Xalqaro ISO standartlarini amaliyotga joriy qilish va ekspert-auditorlar tayyorlashda ta’lim faoliyatini yo‘lga qo‘yish” to‘g‘risidagi memorandum imzoladi.

“O‘zstandart” agentligida Osiyo Taraqqiyot Banki (ADB) hamkorligida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konsultantlar Duglas Birni, Kornelis Soneveld, Iddya Karunasagar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
 

“O‘zstandart” agentligi tomonidan iste’molchilar manfaatlarini ta’minlash maqsadida, mahsulot sifatini baholashning zamonaviy sinov usullarini o‘z ichiga oluvchi xorijiy mamlakatlarning 967 ta standarti joriy qilindi.

“O‘zstandart” agentligi tomonidan milliy etalonlar bazasini rivojlantirish maqsadida 463,5 ming dollarlik 3 dona absolyut bosim

“O‘zstandart” agentligi tomonidan amaldagi milliy standartlarni xalqaro talablar bilan uyg‘unlashganlik darajasini oshirish maqsadida joriy yilda 2,1 mingta xalqaro standartlar qabul qilinib, yil yakuniga qadar 29,3 foizga yetkaziladi.