Yangiliklar



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan 19-20-fevral kunlari tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻldi.

 

Korxonalar faoliyati o‘rganilmoqda

“O‘zstandart” agentligi huzuridagi Departament mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish va ularga amaliy yordam berish ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-sonli “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC)ning “Sheriklik plyus dasturi”ga a’zo bo‘ldi.

“O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilangan dasturga asosan 2019-2021 yillarda standartlarni xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish darajasini 40 foizga yetkazish, shundan 2019 yilda 6720 ta (29,3%)ga, 2020 yilda 7650 ta (33,9%)ga, 2023 yilga qadar uyg‘unlashtirish darajasini 80 foizga yetkazish belgilangan.

 “O‘zstandart” agentligi rahbariyati va  Turk standartlari instituti (TSE) bosh kotibi o‘rinbosari Etxam Kaya  o‘rtasida manfaatli  uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Respublikada tarmoqlarni sifatli metallprokat maxsuloti bilan ta’minlash, hamda qora metall prokatiga yagona talabni belgilash maqsadida, «O‘zstandart» agentligining 2020 yil 7 fevraldagi MTR.010:2020 – son buyrug‘i bilan «Qurilishda qo‘llaniladigan, qora metalldan tayyorlangan metall maxsulotlari xavfsizligi to‘g‘risida»gi maxsus texnik reglament tasdiqlandi.

“O‘zstandart” agentligi rahbariyati ishtirokida Farg‘ona shahrida tadbirkorlik sub’ektlari va fuqarolar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

ISO/TS 26030 (Social responsibility and sustainable development) –“Ijtimoiy majburiyat va barqaror rivojlanish” standarti Fransiyaning AFNOR takshiloti rahbarligida ISO/TK 34 texnik qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqildi. Ushbu standart dunyo mamlakatlaridagi oziq-ovqat tizimi bo‘yicha ijtimoiy majburiyatni belgilab beradi.

"O‘zstandart" agentligida "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tizimiga qarashli bo‘linmalarining mas’ullari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

"O‘zstandart" agentligi standartlashtirish bo‘yicha quyidagi xalqaro, mintaqaviy va milliy tashkilotlar bilan imzolangan shartnomalar va memorandumlarga ega:

“O‘zstandart” agentligi tizimida sinov laboratoriyalarini yangi uskunalar bilan boyitish va hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tgan 2019 yilda laboratoriyalarni rivojlantirish uchun jami 4,1 mlrd.so‘mlik 38 dona sinov uskunalari bilan birga 4,6 ming Yevroga standart namunalari xarid qilindi.

“O‘zstandart” agentligi tomonidan o‘tgan davr mobaynida 1814 ta sohaga oid masalalarda eksportyor korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Jumladan, standartlashtirishga oid 507 ta, sertifikatlashtirish 448 ta, metrologiya 243 ta, sifat menejment tizimlari bo‘yicha 239 ta, qadoqlash va yorliqlash 135 ta va boshqa masalalar yuzasidan qilingan murojaatlarga 237 ta amaliy ko‘mak berildi.

Turizmga bo‘layotgan qiziqish, sayyohlar oqimining asosiy qismi musulmon mamlakatlaridan ekanligi, “halol turizm”ni rivojlantirish va salohiyatini yuksaltirish maqsadida, SMIIC tashkiloti tomonidan "OIC/SMIIC 9:2019, Halal Tourism Services – General Requirements" standarti qabul qilindi. Ushbu standart SMIIC tashkilotining Turizm va Turizmga oid masalalar (TS 5) texnik qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqildi.

Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi (BMZ)ning kӯmagida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan amalga oshirilayotgan "Paxtachilik sanoatini barqaror rivojlantirish va qӯshilgan qiymatni oshirish" loyihasi ekspertlari “O‘zstandart” agentligi mutaxassislari bilan uchrashdilar.

Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning joriy yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomalarida boshqa sohalar qatori “O‘zstandart” agentligi oldiga ham muhim vazifalar qo‘yildi.

“O‘zstandart” agentligi hamda “UzTEST” markazi Surxondaryo bo‘limi mas’ullari ishtirokida viloyatda faoliyat olib borayotgan Qumqurg‘on tumanida 

2020 yil 15 yanvardagi “O‘zstandart” agentligining 05-1109-sonli qarori bilan respublikada quydagi standart qabul qilindi:

2019 yil 19 dekabrda “O‘zstandart” agentligining 05-1097-son qarori bilan respublikada quydagi standart qabul qilindi:

“O‘zstandart” agentligi tomonidan amaliyotga kiritilayotgan yangi standartlarni faqat xalqaro standart, me’yor va qoidalarga yoki xorijiy mamlakatlarning ilg‘or standartlariga muvofiq bo‘lgan taqdirda qabul qilish mexanizimi joriy qilindi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 520-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yog‘-moy mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentiga asosan