Yangiliklar



Joriy yilning 22-oktyabr kuni xalqaro hamkorlik doirasida, Xitoy Avtomobil texnologiyasi va tadqiqot markazi (CATARC)dan elektromobillar va ularning ehtiyot qismlariga oid 51ta Xitoy standartlari olindi.

“Oʻzstandart” agentligi tomonidan Oʻz DSt 20.206.3:2020 “Mahsulotni sinash tizimi. Putur yetkazmaydigan tekshiruv. Kapillyar tekshiruv. Atamalar va taʼriflar” nomli Oʻzbekiston Respublikasining davlat standarti qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoat tarmoqlaridagi 9 oylik natijalar va yil yakunigacha bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar muhokamasi boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

 

Bugun 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni. “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganligiga esa 31 yil toʻldi.

Davlat tili-millat taqdiri

«Oʻzstandart» agentligi huzuridagi Standartlar institutida “Davlat tili-millat taqdiri” deb nomlangan maʼrifiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Hozirgi kungacha 4697 ta xalqaro standartlar qabul qilinib, xalqaro standartlarning soni 12 mingta uygʻunlashtirish darajasi 43 foizga yetkazildi.

Til bor ekan, millat barhayot!

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Chirchiq filiali tomonidan “Til bor ekan, millat barhayot ” mavzusida bayram tadbiri oʻtkazildi.

Yurtimiz ulkan qurilish maydoniga aylangan. Zamonaviy va oʻziga xos uslubda qad rostlayotgan binolar shaharlar qiyofasiga oʻzgacha chiroy bagʻishlamoqda.

Har yili 14 oktyabrda dunyo bo‘ylab Butunjahon standartlashtirish kuni nishonlanadi. Ushbu kun dunyo bo‘ylab standartlarni ishlab chiqadigan minglab mutaxassislar va ekspertlarning birgalikdagi saʼy-harakatlarini qadrlash vositasi hisoblanadi. Kasb bayram har yili maʼlum bir shior ostida o‘tkaziladi.

 

“Oʻzstandart” agentligi masʼullari hududlarda faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarish korxonalarida boʻlib, ularga standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash sohalarida amaliy yordam koʻrsatmoqdalar.

Namanganda sayyor qabul

Agentlik masʼullari ishtirokida  Namangan viloyatida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabul tashkil etildi.

Hurmatli hamkasblar! 
Vatanimizda olib borilayotgan islohotlar, xalqimizning hayot sifati va darajasini oshirishga bevosita xizmat qiladigan ezgu ishlar haqida gapirilganda, standartlashtirish sohasida faoliyat yuritayotgan Siz azizlarning munosib hissangiz borligini xalqmiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.

Har yili 14 oktyabr kuni dunyo ilmiy-texnik jamoatchiligi Butunjahon standartlashtirish kunini nishonlaydi.

Davlatning davlatligi, xalqning xalqligi qiyin paytlarda bilinadi. Afsuski, 2020-yil juda ogʻir keldi. Koronavirus balosi, u keltirgan ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz yetmaganidek, bir hafta ichida Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida tabiiy-texnogen ofatlar roʻy berdi.

 

 

Tadbirkorlik sub'ektlari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 avgustdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4812 son qaroriga muvofiq, tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlarni raqobatbardoshligini ta'minlashga to‘sqinlik qiladigan ma'nan eskirgan normalarni bartaraf etish maqsadida “O‘zstandart” agentligi tomonidan 5236 ta standartlarni amal qilish muddatini to‘xtatish bo‘yicha choralar qabul qilinmoqda.

“O‘zstandart” agentligi tizimida joriy yilning o‘tgan davri va yil yakuniga qadar amalga oshirish zarur bo‘lgan vazifalar, kutilayotgan asosiy natijalar quyidagilardan iborat.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019 yil 20 avgustda qabul qilingan 698-son qaroriga muvofiq

“O‘zstandart” agentligi huzuridagi Departament tomonidan 3043 ta korxonalarda profilaktika tadbirlari o‘tkazildi 

“O‘zstandart” agentligi sertifikatlashtirish sohasida axborot tizimi (portal.standart.uz) Davlat bojxona qo‘mitasining “Yagona darcha” BAT bilan integratsiya qilinib, tizim orqali jami 89,4 mingta elektron arizalar qabul qilindi.
 

“O‘zstandart” agentligi tizimida mahsulot sifatini ta’minlash maqsadida texnik reglamentlar ishlab chiqilmoqda.