Yangiliklar



Har bir millat va xalq uchun oʻz ona tili muqaddas hisoblanadi. Bugungi kunda yurtimizda qoraqalpoq tilida gaplashuvchilar soni 400 mingga yaqin. Qoraqalpogʻiston Respublikasida istiqomat qiluvchi qoraqalpoq xalqining ona tili bu qoraqalpoq tilidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli “Respublikaning eksport va investitsiya salohiyatini yana-da rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida eksportyor 
va eksport imkoniyatlariga ega korxonalarda zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etishda koʻmaklashish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda tashqi bozorlarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi toʻsiqlarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek SOVID 19 pandemiyasi davrida mahalliy eksportyor korxonalarni qoʻllab quvvatlash maqsadida, import mahsulotlariga Xitoy Xalk Respublikasi, Hindiston va Malayziya davlatlarida qoʻyilgan talablar oʻrganildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PQ-4892-son qarori bilan tasdiqlangan “Afgʻoniston Islom Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirish” chora-tadbirlarining tegishli bandlari ijrosini taʼminlash maqsadida, “Oʻzstandart” agentligi hamda «Parrandasanoat» uyushmasi bilan hamkorlikda parrandachilik korxonalariga xalqaro “ISO 22000” va boshqa xalqaro standartlarini joriy etish boʻyicha onlayn seminar oʻtkazildi.

Isteʼmolchi uchun mahsulotning sifati va xavfsizligi muhim. “Oʻzstandart” agentligi va manfaatdor vazirlik, idoralar hamkorligida qabul qilinayotgan texnik reglamentlar mahsulotlarga qoʻyiladigan sifat va xavfsizligini taʼminlaydi.

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va Milliy matbuot markazi hamkorligi hamda ommaviy axborot vositalari ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani tashkil etildi.

“Oʻzstandart” agentligi tizimidagi Standartlar institutida maʼnaviy – maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda agentlik Bosh direktorining maslahatchisi Azamat Pardayev ishtirok etib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yana-da rivojlantirish

“Oʻzstandart” agentligi tomonidan yangi tahrirdagi ishlab chiqilgan “Standartlashtirish toʻgʻrisida” gi qonun loyihasi Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida muhokama qilindi.

Agentlik tizimi va uning barcha hududlardagi filiallarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning samaradorligini oshirishga eʼtibor qaratilib, doimiy ishlar olib borilmoqda. Barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan lavhalar, eʼlonlar, reklama va koʻrgazmali axborot matnlari, tashqi reklama materiallarining davlat tili va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq boʻlishi taʼminlandi.

“Oʻzstandart” agentligi tomonidan yurtimizning barcha hududlarida sifatsiz va standart talablariga nomuvofiq boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi va aholiga sotilishining oldini olish boʻyicha oʻrganishlar olib borilmoqda.

Respublikamizdagi ishlab chiqarish korxonalari tomonidan eksport hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish hamda xalqaro bozorda raqobatbardoshligini ortirish va ishlab chiqarish jarayonida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida xalqaro darajada tan olingan zamonaviy FSSC 22000 standartni joriy etgan korxonalar soni 32 taga yetdi.

“Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida akkreditatsiyadan oʻtkazilgan “Avtotransport vositalarini harakat tezligini oʻlchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash” laboratoriyasi foydalanishga topshirildi.

“Oʻzstandart” agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, sertifikatlashtirish idoralari hamda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida muhokama qilindi.

Milliy matbuot markazida hamda Akkreditatsiya markazi hamkorligida “Xalqaro akkreditatsiya forumi (IAF) ga toʻlaqonli aʼzo boʻlishning ahamiyati” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Seminar oʻtkazildi

Yaqinda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “2020 – 2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2020 – 2022-yillarda amalga oshirish dasturi” boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi. Seminar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Adliya vazirliklari, Davlat xizmatlari agentligi, “Oʻzstandart” agentligi “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti”, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va boshqa manfaatdor idoralardan vakillar ishtirok etishdi.

“Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilinganligiga 29 yil toʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrogʻi - mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzida mustaqil Oʻzbekiston davlati borligini anglatadi va oʻzida milliy-madaniy anʼanalarimizni mujassamlashtiradi.

Halol taʼminot zanjiri tizimidagi Halol mahsulstandartlariotlarni tashish, saqlash hamda ularni chakana sotishga boʻlgan talablarni belgilovchi

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish, ijtimoiy obyektlarni qurish boʻyicha koʻplab loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu esa oʻz navbatida yurtimizning iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishga yordam beradi.

Respublikada yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport hajmlarini oshirish, shuningdek xalqaro darajada tan olingan standartlarga muvofiq mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida “Quritilgan qovun mahsulotini sifati va sotilishini nazorati” xalqaro standarti amalga kiritildi. Mazkur standart “Oʻzstandart” agentligi, mahalliy eksporter korxonalar mutaxassislari hamda xalqaro tashkilotlar koʻmagida ishlab chiqilib, 2019-yil Jeneva shahrida boʻlib oʻtgan BMTning Yevropa Iqtisodiyoti Komissiyasida ijobiy qabul qilingan.

“Oʻzstandart” agentligi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqda standartlarning oʻzbek tiliga tarjima qilinmayotgani va bu sohadagi masalalar yuzasidan munosabat bildiradi.

Xalqaro sifat kuni

Butun jahon sifat kuni - noyabrning har ikkinchi payshanba kuni dunyoning koʻplab mamlakatlarida har yili nishonlanadigan tadbirdir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti koʻmagida Yevropa Sifat Tashkiloti ushbu kunni tashkil etishda tashabbuskor hisoblanadi.