Davlat idoralari va tashkilotlarida davlat tilida ish yuritishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Standartlar institutida ham standartlashtirish sohasiga yangi atamalarni kiritish, ularni mukammallashtirish, bu borada soha rivojida dolzarb boʻlgan zaruriy ishlarni amalga oshirish borasida davra suhbati oʻtkazildi.