Yangiliklar



Bugun “Oʻzstandart” agentligi mutaxassislari Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida ishtirok etib, Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy qonunchilikni YEOII meʼyorlari bilan uygʻunlashtirish boʻyicha olib borilayotgan ishlari yuzasidan axborot berdilar.

 

Mahsulot nomi: Papier thermique Sans BPA 48g

Mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etishda koʻmaklashish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda tashqi bozorlarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi toʻsiqlarni aniqlash va bartaraf etish muhim hisoblanadi.

Sanoat va isteʼmol mahsulotlarni ishlab chiqarish, oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish bir jarayon boʻlsa, ularni eksportga tayyorlash muhim jarayon hisoblanadi. Bu borada xorijiy mamlakatlarning oʻziga yarasha qatʼiy import talablari mavjud.

“Oʻzstandart” agentligi “UzTest” markazi Samarqand filiali mutaxassislari tomonidan korxonalarda sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish boʻyicha seminar-treninglar oʻtkazilmoqda.

Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash departamenti Navoiy filiali xodimlari tomonidan gazobeton ishlab chiqarish jarayoni oʻrganilib, amaliy yordam koʻrsatib kelinmoqda.

Sifatsiz, jiddiy tahdidli Pirotexnika mahsulotlaridan ogoh boʻling!

Ayollarga ehtirom koʻrsatildi

Ayol va bahor soʻzlari bir-biriga qanchalar yaqin boʻlganidek, goʻzallik va maftunkorlikda ham bahoriy yurtimiz  ayollarining latifliklariga  havas ila boqadi.

Sen baribir muqaddassan ayol!

“Oʻzstandart” agentligi tizimidagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi qoshidagi oziq-ovqat laboratoriyasida mehnat qilayotgan ayollar ham bayram munosabati bilan taqdirlandilar.

“Oʻzstandart” agentligi Bosh direktori D.Sattarov Prezident topshirigʻi ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent viloyatida yangi tashkil etilgan “East Mining Invest” qoʻshma korxonasida gazobeton qurilish mahsulotini ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

“Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Departamenti, Uz TEST markazi Surxondaryo viloyati filiali va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Surxondaryo viloyati mutaxassislari bilan hamkorlikda viloyatdagi mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib ilm-fan va innovatsiyalarni qamrab olgan hamda qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga xizmat qiluvchi 44 ta oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, «Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasiga aʼzo boʻlgan 11 ta korxona va Afgʻoniston Islom Respublikasiga eksport qiluvchi 9 ta eksportyor korxonalar hamda 4 ta yangi ishga tushirilgan zamonaviy korxonalarga sohaga oid amaliy yordamlar koʻrsatildi.

Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yigʻilishi doirasida, “Oʻzstandart” agentligi va Belarus Davlat standartlashtirish qoʻmitasi oʻrtasida Hamkorlik dasturi imzolandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida,  “Oʻzstandart” agentligi bir oy muddatda joylarga chiqib, har bir hududda gazobeton ishlab chiqaruvchilarni standartlarga oʻrgatib, mahsulotlarini sertifikatlash dasturini amalga oshirishi topshirigʻi berilgan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yigʻilishi doirasida, Oʻzstandart» agentligi huzuridagi «Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va Belorussiya davlat metrologiya instituti (BelGIM) oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv imzolandi.

Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yigʻilishi doirasida Belarus Respublikasining Davlat standartlashtirish qoʻmitasi raisi Tatariskiy Valentin Boleslavovich boshchiligidagi delegatsiya “Oʻzstandart” agentligiga tashrif buyurdi.

Mahsulot nomi: SOLAR ZOOM CAMPING LAMP

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Chirchiq filiali masʼullari A.Daminov, Sh.Hayitmetov va A.Shadimatovlar «Mahallabay» ishlash tizimida mahalla oqsoqollari va faollari bilan uchrashuvlar tashkil etgan holda, hududda faoliyatda boʻlgan ishlab chiqarish korxonalari, eksportyor korxonalar, sanoat klasterlari hamda oilaviy va xususiy tadbirkorlarga sohaga oid masalalarda amaliy yordam koʻrsatish ishlarini olib bormoqdalar.

Joriy yilning 1-mart kuni “Oʻzstandart” agentligi «Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasi bilan hamkorlikda “Uz-Kor Textile Technopark” binosida “Xalqaro standartlarni joriy etish va mahsulot eksportini oshirish” mavzusida eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi toʻqimachilik sanoati korxonalari uchun seminar tashkil etildi.

Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazining “Sinov laboratoriyalarini xalqaro Oʼz DSt ISO/IEC 17025:2019 standarti talablari asosida akkreditatsiyadan oʻtkazishning ahamiyati” mavzusidagi matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda.

Oʻzstandart» agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash departamenti, “UzTest” DUK Samarqand filiali va “UzMMI” Samarqand filiali masʼullari hududdagi korxonalarda “Korxonabay” ishlash tizimini yoʻlga qoʻygan holda, uchrashuvlar tashkil etmoqda.