“Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Departament, “Uz Test” markazi va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Andijon filiali masʼullari korxonalarda boʻlib, mahsulotlarning sifatini oshirish hamda ishlab chiqarish va mahsulotlarni eksport qilayotgan korxonalarga amaliy yordam bermoqdalar.