Yangiliklar



Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tizim tashkilotlarining hududiy filiallarida tizimli ravishda oʻrganishlar olib boriladi.

Namangan viloyat hokimligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Savdo-sanoatpalatasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi va “Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi Namangan filiali hamkorligida «SAIDBEK-MUHAYYO SAVDO» va “PURE MAKS TRADE” korxonalariga halqaro muvofiqlikni baholash idoralari tomonidan taqdim qilingan xalqaro ISO 9001 sertifikati va SE markirovkasi topshirildi.

 Oʻzbekiston Respublikasining Latviya davlatidagi elchixonasi va Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamkorligida   mahalliy fermer xoʻjaliklari, ishlab chiqaruvchilar va soha mutaxassislari uchun onlayn seminar tashkil qilindi.

Agentlikning Jizzax viloyati hududiy boʻlinmalari masʼullari tomonidan viloyatning koʻplab sanoat korxonalarida boʻlib, ularga zarur yordamlar koʻrsatib kelinmoqda.

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Qashqadaryo filiali massa boʻlimi xodimlari tomonidan Qarshi shahridagi markaziy dehqon bozorida sayyor metrologik xizmat koʻrsatildi.

Agentlik  huzuridagi Departament, Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Oʻzbekiston  milliy metrologiya instituti Samarqand filiallari mutaxassislar mahalliylashtirish dasturi doirasida mahsulot ishlab chiqaruvchi “MITAN YOGʼDU ELEKTRIK”  korxonasida boʻlib, ishlab chiqarilayotgan avtobuslar uchun salon isitgich jihozlariga  tegishli meʼyoriy hujjatlari bilan taʼminlandi.

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Qoʻqon filialida kuni kecha Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va institutning masʼullari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Uchrashuvda taʼkidlanganidek, Agentlik va tizim tashkilotlarida davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida ekspert guruhi tashkil etilgani taʼkidlandi.

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Qoraqalpogʻiston Respublikasi filialida Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat va maʼrifat uyushmasi aʼzolari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlangan maʼrifiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasining Ummon davlatidagi elchixonasi xamkorligida Ummonning “Atyab Foodtech” kompaniyasi bosh menejeri Moxib Axmad Xon bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat hududiy inspektorlari tomonidan Navbahor tumanidagi “Yosh kuch” mahallasida kapital rekonstruksiya qilinayotgan 120 oʻrinli maktabgacha taʼlim maskanida ishlatilayotgan qurilish mahsulotlarining sifat koʻrsatgichlari oʻrganildi.

Tashqi ishlar vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasining Latviya davlatidagi elchixonasi hamkorligida mahalliy fermer xujaliklari va ishlab chikaruvchilarni koʻllab-quvvatlash maksadida, GLOBAL G.A.P tashkilotining Oʻrta Osiyo, Latviya va Rossiya mintaqasi koordinatori Edita Strazdina ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligida Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yilligi oldidan “Yangi Oʻzbekiston - yangi Renessans sari” mavzusida onlayn tarzda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Oʻrganishlar davomida karmana tumanidagi “LOLA KARMANA” korxonasida 2 turdagi sement sotilayotganli maʼlum boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga qoʻshilish jarayonida xorijiy tajribani oʻrganish va milliy kadrlarni tayyorlash maqsadida, Xalqaro savdo va qishloq xoʻjaligi boʻyicha mutaxassisi S.Kiselev tomonidan “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari savdosini tartibga solish hamda Jahon savdo tashkiloti qishloq xoʻjaligi boʻyicha bitimi” mavzusidagi onlayn seminarda ishtirok etdi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan uchrashuvda Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi masʼullari ishtirokida Muvofiqlikni baholashdagi ijobiy oʻzgarishlari yuzasidan maʼlumot berildi.

Agentlikning Jizzax viloyati hududiy filial masʼullari tomonidan barcha sanoat korxonalari bilan tizimli hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Maʼlumki viloyatdagi “Jizzax Kenteks” korxonasida hozirgi kunda ip-kalava mahsuloti ishlab chiqarilib, Rossiya, Xitoy davlatlariga eksport qilinmoqda.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rasmiy saytida standartlashtirish, metrologiya va sertifkatlashtirish sohasi atamalarining izohli lug‘ati berib borilmoqda.
 

Agentlik huzuridagi Departament, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va “OʻzTest” markazi Buxoro filiali xodimlari Buxoro tumanida joylashgan mahalliy eksportyor “BUXARA SHATEN CLEAN” korxonasida boʻlib, kukunsimon yuvish vositalari ishlab chiqarishda xushboʻylashtiruvchi qoʻshiladigan xom-ashyolarni import qilishda Prizidentimizning PF-6240-sonli Farmoniga asosan muvofiqlik sertifikatini bir marta rasmiylashtirgan holda yigirma toʻrt oy davomida import qilishga ruxsat berilganligi, bu esa tadbirkorning vaqti va xarajatlarini tejalishiga olib kelinishi haqida maʼlumotlar berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlab “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” Respublika tanlovining “Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim” yoʻnalishida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha ishchi guruh aʼzolari Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizim-tashkilotlaridagi ishlari bilan tanishdilar.