Yangiliklar



Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha ishchi guruhining Birinchi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Rossiya Federatsiyasining Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya federal agentligi (Rosstandart) rahbari o‘rinbosari Kuzmin Aleksandr Mixaylovich bilan uchrashdi.

Maʼlumki, 2024-yil 5-iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonuni bilan birga mazkur Qonun ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-210-son Qarori ham imzolandi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Koreya Respublikasining Korea Apparel Testing & Research Institute (KATRI) xalqaro loyihalar bo‘yicha rahbari David Mun bilan uchrashdi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Turk standartlar instituti (TSE) vakili Metexan Chalishni bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Avstriya Standartlashtirish tashkiloti (Austrian Standards International) bilan videokonferensiya tarzida uchrashuv o‘tkazildi.

Maʼlumki, 2022-yilning iyul oyida Toshkent shahrida "O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi" va Qirg‘iziston Respublikasi Iqtisodiyot va savdo vazirligi huzuridagi Standartlashtirish va Metrologiya markazi o‘rtasida muvofiqlikni baholash sohasida hamkorlik memorandumi imzolangan.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlarining hududiy filiallari tomonidan ishlab chiqarish sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi masʼullari Jizzax va Qashqadaryo hududiy filiali mutaxassislari bilan hamkorlikda "Talimarjon issiqlik elektrstansiyasi" aksiyadorlik jamiyati vakillari bilan uchrashdi.

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengash (MGS)ning 65-yig‘ilishida “Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasida erishgan yutuqlari uchun MDH mukofoti” (Премии Содружества Независимых Государств за достижения в области качества продукции и услуг) navbatdagi tanlovini o‘tkazish e’lon qilindi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi mas’ullari Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Surxondaryo filiali mutaxassislari bilan hamkorlikda viloyatdagi bir qator korxonalarda bo‘lib, tadbirkorlik subyektlariga sohaga doir yangiliklar, ko‘rsatiladigan xizmatlar yuzasidan yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib bordi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Asadulla Qayumov o‘rtasida videokonferensiya tarzida muloqot bo‘lib o‘tdi.

Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi masʼullari "O‘zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi Shurtan gaz kimyo majmuasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Braziliya Standartlashtirish tashkiloti (The Associação Brasileira de Normas Técnicas) bilan videokonferensiya tarzida uchrashuv o‘tkazildi.

Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Kimyoviy va oziq–ovqat texnologiyalari fakultetining "Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (sanoat)" yo‘nalishi bitiruvchi talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazining "Uzmetconstruction" sinov laboratoriyalar majmuasida rux va polimer qoplamali metall listlarni sinovlarini o‘zlashtirish uchun olingan sinov uskunlari bilan tanishdi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov O‘zbekiston standartlar institutning faoliyati, mavjud infratuzilmani yaxshilash, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari yuzasidan Institut masʼullari bilan uchrashdi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Xorazm filiali sinov laboratoriyalari faoliyati bilan tanishib, mutaxassislar bilan suhbat o‘tkazdi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat Inspeksiyasining Samarqand viloyati bo‘limi tomonidan "S.T.B" MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) temir-beton plita mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Yoshlar – kelajagimiz poydevori!

30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizim tashkilotlari yosh mutaxassislarining sohaga oid taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, muammolarini individual o‘rganish hamda bu borada ularga yechimlar va takliflar berish maqsadida "Rahbar va yoshlar" ochiq muloqoti tashkil qilindi.

Joriy yilning 20-21 iyun kunlari Belarus Respublikasining Minsk shahrida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashi (MGS)ning navbatdagi 65-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.