Yangiliklar



Oʻzbekiston Akkreditatsiya markazida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi boʻyicha monitoring ishlari oʻtkazildi. Unda hujjatlarini yuritishda davlat tiliga rioya qilinishi, barcha ish yuritish hujjatlari va turli blankalarni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga toʻliq oʻtkazishni  taʼminlashga eʼtibor qaratildi.

Agentlikning viloyatdagi boʻlinmalari hamkorligida 21-oktyabr - Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan “Ona tilim – joni dilim” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvga Oʻzbekiston Qahramoni Anorboy Eshmatov ham taklif etildi. 

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha Davlatlararo kengash (MGS)ning metrologiya boʻyicha Ilmiy-texnik komissiyasi Laboratoriyalararo solishtirish sinovlari boʻyicha ishchi guruhining (NTK-Metr MSI) 12-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Agentlik Matbuot xizmatining tashabbusi bilan Qarshi shahrida  tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar ishtirokida seminar tashkil etildi. Unda Prezidentimizning  texnik jihatdan tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishga oid imzolangan Farmon va Qarorlarida belgilangan qulaylik hamda imtiyozlari haqida maʼlumot berildi.

“Global G.A.P.“ — qishloq xoʻjaligining sifatini yaxshilash va zamonaviy qishloq xoʻjaligining ehtiyojlarini qondirish uchun Yevropa standartlari va Iso 65 koʻrsatmalariga muvofiq yaratilgan. Ushbu standart bugungi kunda dunyoda eng koʻp ishlatiladigan qishloq xoʻjaligi standartidir.

Faxrimiz...

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti jamoasi orasida keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatishdek ezgu fazilat doimo amal qilib keladi.

Agentlik huzuridagi Departament va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Jizzax viloyati masʼullari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 02-iyundagi PF-6240 sonli Farmoni hamda PQ-5133 sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qurilish tashkilotlarini xalqaro darajadagi ISO sertifikatlari bilan taʼminlash, ularning baholash meʼzonlarini inobatga olgan holda tizimli ishlar olib borilmoqda.

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Xalqaro Elektrotexnika komissiyasi Bosh Assambleyasi 85-yigʻilishi oʻz ishini boshladi. Unda Elektrotexnika va energiya sohasiga oid xalqaro standartlarni ishlab chiqish, ularning mamlakat eksport salohiyati va milliy iqtisodiyotini oshirishdagi oʻrni, texnik qoʻmitalar faoliyatini rivojlantirish, standart sohasida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash masalalariga etibor qaratiladi.

 

Agentlik huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boʻlimi tomonidan qurilish tashkilotlarini xalqaro darajadagi ISO sertifikatlari bilan taʼminlash, ularning baholash meʼzonlarini ushbu koʻrsatgichlarni inobatga olib baholash toʻgʻrisidagi mezonlarga koʻra ishlar amalga oshirilmoqda.

Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida oʻtkazilayotgan IEC tashkiloti Bosh Assambleya yigʻilishi doirasida sanoatlashgan davlatlar uchun forum boʻlib oʻtdi. Tadbirda  sanoatlashgan davlatlarda energiya samaradorligini oshirish, sanoat chiqindilarni kamaytirishda IEC standartlaridan oqilona foydalanish, BMTning barqaror rivojlanish dasturida faol ishtirol etish,  IEC standartlari orqali muvofiqlikni baholash tizimini doimiy takomillashtirish masalalari koʻrib chiqildi.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligida 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayramini keng nishonlash doirasida Agentlik tizim tashkilotlari va hududiy filiallarining maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha masʼullari, matbuot kotiblari uchun onlayn seminar tashkil etildi.

Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Jizzax viloyati filiali masʼullari Sharof Rashidov tumanida faoliyat yuritayotgan “Boston Stroy Shifer” korxonasida boʻlib, mahsulotlarni sertifikatlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari huzurida boʻlib oʻtgan yigʻilish qarori ijrosi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan har haftaning juma kuni bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulariga bagʻishlangan onlayn siyosiy-maʼrifat oʻquv soati oʻtkazish va ushbu oʻquv soatlarini Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining youtube kanali orqali kuzatib borish yoʻlga qoʻyildi.

Ustoz-murabbiylar mehri bamisoli qoʻyoshga oʻxshaydi. Ularning beminnat hayotiy oʻgitlari, maslahatlari va koʻrsatgan toʻgʻri yoʻllari tufayli shogirdlar hayot deb atalgan ulkan dengizda oʻz yoʻllarini topadilar.

Ustozlar doimo hurmatda!

Oʻzbekiston ilmiy-sinov sifat nozarati markazi, Samarqand filiali maʼsullari 1-oktyabr – oʻqituvchi - murabbiylar bayrami munosabati bilan sohada uzoq yillar faoliyat yuritib hozirda nafaqada boʻlgan ustozlarni xonodonida boʻldilar.

Oʻqituvchi va murabbiylar bayramida sizdek mehnatkash ustozlarga koʻnglimizda, yuragimizda yuksak hurmat-ehtirom va ezgu tilaklar bisyor.

Buxoroda qoʻshaloq bayram

 Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro filialida “Ustoz va murabbiylarga taʼzim” mavzusidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.

 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi koʻmagida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan va Halqaro savdo markazi tomonidan amalga oshiriladigan “Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishiga koʻmaklashish” loyihasi doirasida joriy yilning 27-29-sentyabr kunlari muvofiqlikni baholash xodimlari uchun “ISO/IEC 17043 standarti. Muvofiqlikni baholash. Sinov laboratoriyalar imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazish uchun asosiy talablar” mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi.

Ustozlar hamisha eʼtiborda.

 Hayot davomiyligi yosh avlod va ustozlar munosabatlarida koʻrinadi. Farzandlarga taʼlim va tarbiya beradigan mehri daryo muallimlar mehnati doimo eʼtiborda.

Ustozlar mehridan olam munavvar!

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida 1-oktyabr – oʻqituvchi va murabbiylar bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston Qahramoni, akademik Shavkat Ayupov bilan uchrashuv tashkil etildi.