Yangiliklar



2021-yil 8-9-dekabr kunlari Armaniston Respublikasining Yerevan shahrida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha Davlatlararo kengashi (MGS)ga aʼzo davlatlarning navbatdagi
60-chi yigʻilishi oʻtkazildi. 

Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TICA) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Jemalettin TUNEY boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv  boʻlib oʻtdi.

OʻzTTSA  xodimlari agentlik kasaba uyushmasi tashabbusi bilan  Oʻzbek Milliy Akademik drama teatrida “Oʻzbekcha raqs” spektakli tomosha qildilar.

OʻzTTSA va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan «korxonabay» ishlash tizimida hududlardagi sanoat korxonalari bilan tizimli hamkorlik yoʻlga qoʻyilib, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash sohalarida amaliy yordam berib kelinmoqda.

  Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Navoiy filialida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligiga bagʻishlab “Konstitutsiya - bosh qomusimiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

OʻzTTSA va uning tizim tashkilotlarida maʼnaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, Davlat tilida ish yuritish, yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish, ilmiy salohiyati va malakasini oshirish boʻyicha amaliy tadbirlar oʻtkazilmoqda

 Namangan  viloyatidagi “KUBRO TEKSTIL SANOAT”  korxonasiga halqaro muvofiqlikni baholash idoralari tomonidan taqdim qilingan xalqaro ISO 13485 sertifikati va SE  markirovkasi  topshirildi. 

8-dekabr - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi va 10-dekabr - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munonosabati bilan Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Buxoro filiali tashabbusi bilan bayram uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti hamda “UzTEST” markazi Chirchiq filiali hamkorligida “Inson huquqlari - eng oliy qadriyat” shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. 

 Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va uning idoraviy mansub tashkilotlarida, jumladan, Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi, Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi, Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi hamda Texnik jihatdan tartibga solish agentligida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan uchrashuv oʻtkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan joriy yilning 15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar “Toshkent yoshlarni sevadi” shiori ostida yoshlar oyligi oʻtkazilmoqda.

Yurtimizda Bosh qomusimiz qabul qilinganining 29 yilligi keng nishonlanmoqda. Oʻzbekiston standartlar institutida ham ushbu sana munosabati bilan “Konstitutsiya – mening taqdirimda” mavzusidagi tadbir oʻtkazildi.

2021-yil 30-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya federal agentligi (Rosstandart) rahbar oʻrinbosari Yevgeniy Lazarenko boshchiligidagi delegatsiyasining Oʻzbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligiga tashrifi boʻlib oʻtdi.

Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT boʻlinmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakolatxonasi hamkorligida Shveysariya davlatining Jeneva shahrida mamlakatimizda elektrotexnika va energetika sohasidagi amalga oshirilgan islohotlar, milliy standartlarni xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish shuningdek, Oʻzbekistonni IEC tashkilotiga “Associate membership” maqomida aʼzo boʻlishi masalasida IEC tashkiloti ekspertlari Aristeya Kiriakati, Antuanetta Pittelud, Ketrin Fraga bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi

 Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “UzTest” markazi, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari va Adliya vazirligining hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda  Olmaliq, Bekobod va Chirchiq filiallarida  ochiq muloqotlar tashkil etildi. 

 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasi bilan hamkorlikda Xalqaro savdo tashkiloti tomonidan tashkil etilgan "Markaziy Osiyo savdoga tayyor (R4TCA)" loyihasining birinchi bosqichi doirasida taqdim etilgan "Savdo jarayonlarini osonlashtirish boʻyicha Oʻzbekiston milliy portali" yaratilishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. 

 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Xalqaro savdo yoʻnalishida tahsil oluvchi talabalar, professor oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar va potensial mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi.

Chirchiq shahrida metallurgiya, kimyo, elektroenergetika, elektrotexnika, qurilish materiallari sanoati, qishloq xoʻjaligi texnikalari va boshqa sohalar uchun mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar ishtirokida navbatdagi yarmarka tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.

Eʼtirof

Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, tizim tashkilotlari va hududiy filiallarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan tizimli va samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu yoʻnalishda faol ishtirok etgan va tashabbus koʻrsatgan tizim xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va Davlat tilini rivojlantirish masalalari Departamenti tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Agentlikda ushbu faxriy yorliqlarni topshirishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.