Yangiliklar



OʻzTTSA tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Qashqadaryo filiali tomonidan joriy yilda kalibrlash ishlarini tashkil etish va kalibrlash xizmatlarini Oʻz DSt ISO/IEC 17025:2019 talablariga asosan xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari tomonidan oʻtkazish maqsadida, filialda zamon talablarini mos ravishda 3 xonadan iborat jami 200 m² boʻlgan kalibrlash laboratoriyasi taʼmirlash ishlashi yakunlandi va namunaviy oʻlchov vositalari bilan taʼminlandi.

Bugun Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Fargʻona filialida maʼnaviyat va maʼrifat soati tashkil etilib, unda 2022-yil 18-yanvar kuni qabul qilingan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-746-sonli Qonunini oʻrganildi.

Fan va ishlab chiqarish hamkorligi

 Respublikamizda oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga asosan oliy taʼlim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, taʼlim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini taʼminlash  orqali malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.

OʻzTTSA “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini taʼminlash maqsadida, tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ulardagi tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʻllab-quvvatlash, mehnat faoliyatini ragʻbatlantirish ishlarini oʻrganish, amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan 2022-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida qaroriga asosan “Assalom, Navruz - yangilanish,mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi! umumxalq harakati tashkil etilgani tadbirkorlar, ishbilarmonlar, qolaversa har bir saxovatpesha insonlarning yordamga muhtojlarga xayr-ehson koʻrsatish yoʻlida ayni muddao boʻldi. 

Oʻzbekiston ilmiy- sinov va sifat nazorati markazi, Qaraqalpogʻiston Respublikasi filiali tomonidan Nukus shahridagi sut va sut mahsulotlarini

Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi elchixonasi, Tashqi ishlar vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Malayziya davlatining masʼul idoralari hamkorligida mutaxassislar uchun seminar tashkil etildi.

OʻzTTSA huzuridagi Oʻzbekiston standartlar instituti tomonidan hududlarda xalqaro standartlarni joriy etish, savdodagi texnik toʻsiqlar va mahsulotlarni jahon andozalari asosida muvofiqligini baholashning ahamiyati yuzasidan seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Guliston shahridagi “Hunarmandlar va tadbirkorlar” bogʻida "Made in Uzbekistan” xalqaro sanoat mahsulotlari koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. Koʻrgazma yetakchi ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlik subyektlari, xizmat koʻrsatish hamda eksportyor korxonalar mahsulotlari va xizmatlarini oʻzida jamladi. 

 Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Buxoro hududiy filiali Buxoro Muhandislik- texnologiya instituti bilan  hamkorlikda soha boʻyicha taʼlim olayotgan talabalar muntazam ravishda filial laboratoriyalarida ishlab-chikarish jarayonlarida qatnashib, oʻz malakalarini oshirib kelmoqdalar.

“SOF-EXPO SAMARKAND” ko‘rgazmalar markazida O‘zTTSA Samarqand viloyati hududiy tizim tashkilotlari, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi va Jomboy tuman hokimligi hamkorligida Jomboy tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbikorlik sub'ektlari bilan uchrashuv o‘tkazildi 

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Germaniya Federal fizika-texnika instituti (PTB) eksperti Klemens Sinatra va loyiha koordinatori Kristoffer Kollel bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Shu kunga qadar “UzTest” markazi Qoraqalpogʻiston filiali tomonidan mamlakatmizdagi 1268 ta yirik eksportyor korxonalarni hududlarda joyiga chiqib oʻrganish ishlari olib borildi.

     Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati Qarshi shahridagi sanoat zonasida yangi tashkil etilayotgan “ALP TEXNO SERVIS” korxonasi masʼul xodimlari bilan uchrashdi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan Surxondaryo viloyati termiz tumanidagi “SURXON KERAMIKS”, va “TANOVAR SURXON” korxonalari masʼullari bilan uchrashuv oʻtkazildi. 

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati Qashqadaryo viloyati Koson tumanida joylashgan toʻquv-trikotaj mahsulotlari eksporti bilan shugʻullanuvchi “KOSON BAXT TEKSTIL” masʼuliyati cheklangan jamiyatida masʼul xodimlar bilan uchrashuv oʻtkazildi. 

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi masʼullari tomonidan Qarshi shahridagi masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida faoliyat yurituvchi “UZSHOES” Oʻzbekiston-Belorussiya qoʻshma korxonasi masʼullari va ishchi xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Buxoroda siyosiy dars tashkil etildi

Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Buxoro filiali tashabbusi bilan tashkil etilgan siyosiy soat darsida siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Farmon Aminov ishtirok etdi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti hamkorligida “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar va korrupsiyaga qarshi kurashish nazorati tomonidan amalga oshirilayotgan natijadorlik yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Ayol goʻzalligi olamni bezaydi!

Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Buxoro filialida “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Ayol goʻzalligi olamni bezaydi” deb nomlangan bayram tadbiri oʻtkazildi.