Yangiliklar



Tadbirkorga ko‘mak

Kichik biznes sub’ektlari va fermer xo‘jaliklariga eksport bo‘yicha, xalqaro talablar yuzasidan to‘liq ma’lumotlarini taqdim etish maqsadida, “O‘zstandart” agentligi qoshidagi “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi” 

Har birimiz deyarli har kuni kamida bir bor xarid amalga oshiramiz. Bu jarayonlarda esa ommalashgan savdo tarozilari asosida xarid amalga oshiriladi. O‘rinli savol tug‘iladiki ushbu tarozilar xatolikka egami? Agarda xatolikka ega bo‘lsa qanchaga ruxsat etiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi 122- sonli «Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, ishlab chiqaruvchi korxonalarga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘maklashish maqsadida, «O‘zstandart» agentligi “Mahsulotlarni eksportga qilishga ko‘maklashish Byurosi» hamda Germaniya Halqaro xamkorlik tashkilotining «Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoga ko‘maklashish” Dasturi bilan hamkorlikda «Yevropa ittifoqi mamlakatlari bozorlariga qanday qilib eksport qilish kerak. Tekstil mahsulotlari misolida» qo‘llanmasi tayyorlandi. 

“O‘zstandart” agentligi “Metrologik xizmatlarni ko‘rsatish markazi” Davlat korxonasining sarf va bosim o‘lchashlar bo‘limining moddiy texnika bazasi yaxshilanmoqda.

O‘lchash imkoniyatlari kengaymoqda.

“O‘zstandart” agentligi “Metrolgiya xizmatlari ko‘rsatish” Davat korxonasining raditexnika kattaliklar va ionlashtiruvchi nurlanishni o‘lchash vositalari ustidan davlat metrologik nazorati bo‘limida oxirgi uch oy ichida akkreditatsiya doirasi tibbiyot sohasida va optik tolali aloqa kabelari parametrlarini o‘lchashda ishlatiladigan o‘lchov vositalarini qiyoslash va kalibrlashga kengaytirildi.

Matbuot anjumani

«O‘zstandart» agentligi tomonidan Respublikamizda xalqaro standartlarni tadbiq etishning dolzarb masalalari va korxonalarda xalqaro sifat tizimlarini joriy etishning afzalliklarida mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Xalq bilan muloqot

“O‘zstandart” agentligi tizimida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” gi Qonunining ijrosini ta’minlash maqsadida e’tiborga molik ishlar bajarilmoqda.

2016 yilning 8 dekabrida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo Kengashining 50-yig‘ilishida “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.A.Xaitovning Rossiya Federatsiyasi texnik tartibga solish va metrologiya agentligi (Rosstandart) Rahbari A.V.Abramov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Davlatlararo standartlashtirish sohasi doirasida Belarusiya Respublikasining Standartlashtirish bo‘yicha texnik Qo‘mitasi tomonidan GOST «Продукция «Халяль». Требования к продукции, производству, хранению, транспортированию, реализации и маркировке. Основные положения» Davlatlararo standart loyihasi ishlab chiqildi.

Iste’molchilar diqqatiga

O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 5 avgustdagi 373-sonli” “O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq suv, gaz va elektr hisoblagichlarini qiyoslash vazifalari “O‘zstandart” agentligiga, uning hududiy markazlariga hamda “Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi” Davlat korxonasiga yuklatilgan.

2017 yil uchun Respublika standartlashtirish dasturi loyhasi “O‘zstandart ” agentligi tomonidan vazirlik, idora, uyushma va kompaniyalar takliflariga asosan ishlab chiqarilgan. 

2016 yilning 7-9 dekabr kunlari “O‘zstandart” agentligining bosh direktori boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo Kengashining 50-yig‘ilishida ishtirok etishdi.

Davlatlararo standartlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanilishi to‘g‘risida.

Konstitutsiyamiz - Baxtimiz kafolati

Har yili Respublikamizda 8 - dekabr Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun sifatida bayram qilinadi.

“SNII chermet im. I.P. Bardina” Federal Davlat unitar korxonasi tomonidan Davlatlararo standartlashtirish rejasiga muvofiq ГОСТ 5520 «Прокат толстолистовой из нелегированной и легированной стали для котлов и сосудов, работающих под давлением. Технические условия» Davlatlararo standart loyihasi ishlab chiqildi.

“O‘zstandart” agentligining tegishli qarori bilan 2016 yil noyabr oyida qator Davlatlararo standartlar tasdiqlandi va Davlat ro‘yxatiga kiritildi

“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A. Haitovning topshirig‘iga asosan navbatdagi o‘quv seminari Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Chirchiq shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish korxonalari hamda kichik biznes vakillari qatnashdi. 

O‘zbekiston Respublikasi hududida bekor qilinishi taklif etilayotgan standartlashtirishga doir normativ hujjatlar ro‘yxati loyihasining yangi tahririning muhokamasi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 21 noyabrdagi 389-sonli qarori bilan Texnik vositalarning elektromagnit mosligi to‘g‘risida»gi Umumiy texnik reglament  tasdiqlandi. 

2016 yil 25 noyabr kuni “O‘zstandart” agentligida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.