Yangiliklar



“O’zstandart” agentligining navbatdagi ma’naviyat soatiga Toshkent shahar Bosh imom xatibi Anvar qori Tursunov taklif etildi.

Xukumat tomonidan alohida e’tibor berilayotgan masalalardan biri – mahalliy ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan tadbirlarda “O’zstandart” agentiligining Buxoro standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi faol ishtirok etib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning standartlashtirish, metrologiya, sertifikatsiya sohalarida duch kelayotgan muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

2018 yil 9 mart kuni “O’zstandart” agentligi “Namangan SSM” DK mutaxassislari Namangan viloyat bojxonasining majlislar zalida “Tadbirkorlik subektlariga mahsulot eksportida yaratilgan keng qulaylik va shart-sharoitlar, mavjud muammolar hamda ularning bartaraf etish choralari” mavzusida o‘tkazilgan seminarda ishtirok etdilar.

Navbatdagi sayyor qabuli Sardobada

“O’zstandart” agentligi rahbariyatining navbatdagi “Sayyor qabuli” Sirdaryo viloyatining olis Sardoba tumanida tashkil etildi.

Chirchiq sinov va sertifikatlashtirish markazining  o‘lchov vositalari ustidan davlat metrologik tekshiruvi bo‘limi tomonidan xududdagi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlariga qulayliklar yaratish maqsadida o‘lchash ko‘lami 2250 m3/h  gacha bo‘lgan sanoat gaz hisoblagichlarini qiyoslash sohasini qamrab olish va akkreditatsiya doirasini kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borildi.

Joriy yilning 7 mart kuni “O’zstandart” agentligida Xalqaro atom energetikasi agentligi (MAGATE) tashabbusi bilan MAGATE ning texnik hamkorlik dasturlari bo‘yicha menejeri – janob Kristof Samba Xenrix va MAGATE yadroviy yoqilg‘i tsikli va chiqindilar texnologiyasi bo‘yicha ekspert – janob Umar Salixbaev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Navoiy viloyatida Sayyor qabul

“O’zstandart” agentligi tomonidan tizimli ravishda o‘tkazib kelinayotgan navbatdagi sayyor uchrashuv Navoiy viloyatining Karmana tumanida tashkil etildi.

“Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” DKning tashabbusi bilan xodimlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda.

Ayol go‘zalligi olamni bezar!

“O’zstandart” agentligida xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlab tashkil etilgan ma’riiy tadbir shunday nomlandi.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2018 yil O’zbekistonda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» deb e’lon qilinishi munosabati bilan, “O’zstandart” agentligi, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi tomonidan, tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida “Star Screen” kompaniyasi xamkorligida mijozlarga ko‘rsatilayotgan hizmatlardan qoniqish darajasini o‘rganish va ma’lumotlarga ega bo‘lish “Axborot monitori”ni ishlab chiqdi va sinov rejimida “Higway Logistics Center” bojxona terminaliga o‘rnatildi. 

Joriy yilning 5 mart kuni “Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi”-davlat korxonasi hamda Andijon Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamkorligida viloyatdagi fermer xo‘jaliklari va eksportyor korxonalarning vakillari uchun yangi qabul qilingan “GLOBAL G.A.P, “Halol” standartlari va ISO 22000 xalqaro standarti talablari bo‘yicha amaliy mavzuda seminar tashkil etildi.

“O’zstandart” agentligining 2018-yil 9-fevral kungi 4-sonli o‘tkazilgan yigilish bayoni 10-bandi ijrosini bajarish maqsadida “Farg‘ona SSM” DK  direktori M.M.Azimov raisligi ostida va korxona xodimlari ishtirokida ma’naviyat darsi o‘tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi 112-sonli “Tibbiyotda qo‘llanadigan laboratoriya va diagnostika uskunalarining metrologik tekshiruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 30 iyuldagi 207-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2014-2018 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish Dasturi”ga muvofiq “O’zstandart” agentligi “O’zbekoziqovqatxolding” XK bilan birgalikda “Idishlarga qadoqlangan ichimlik suvi xavfsizligi to‘g‘risida”gi Umumiy texnik reglament loyihasi  tayyorlandi. 

“O’zstandart” agentligi bosh direktori A.O’.Karimovning taklifiga ko‘ra, joriy yilning 1 mart kuni Afg‘oniston Islom Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi  Sayyod Shahabuddin Timuri “O’zstandart” agentligiga tashrif buyurdi. 

“O’zstandart” agentligining Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan reja-dasturiga asosan navbatdagi Sayyor uchrashuvi Jizzax viloyatining G’allaorol tumanida tashkil etildi.

“O’zstandart” agentligining Namangan standartlashtirish metrologiya boshqarmasi va “Sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi xodimlari ishtirokida “Ma’naviyat ijtimoiy hayotimizning asosi” mavzusida ma’naviyat-ma’rifat soati o‘tkazildi.

“O’zstandart” agentligining Samarqand standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 31 martdagi 99-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Don xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamenti mazmun mohiyati haqida o‘quv seminari tashkil etildi. 

Joriy yilning 22-24 fevral kunlari “O’zstandart” agentligining Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi va “Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK hamkorligida bepul o‘quv kursi tashkil etildi.

 

2017 yil 2 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 aprelida 237-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Muomalaga chiqarilayotgan g’ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to’g’risida”gi Umumiy texnik reglament kuchga kirdi.