Yangiliklar



Joriy yilning 26 iyun kuni Davlatlararo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha kengashning 53-sonli yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

Bugun “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimov raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tizim va tashkilot rahbarlari hamda hududiy boshqarma hamda markaz rahbarlari ishtirok etdilar.

Andijonda Sayyor qabul tashkil etildi

“Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi va Andijon Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi Shaxrixon tumanidagi jismoniy va yuridik shaxslar bilan Sayyor qabul tashkil etildi.

Joriy yilning 25-29 iyun kunlari “O‘zstandart” agentligining tashabbusi bilan Toshkent shahrida Davlatlararo Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha kengashning navbatdagi 53-sonli bo‘lib o‘tadi.

Buxoro Sinov va sertifikatlashtirish markazining tashabbusi bilan Buxoro muhandislik texnologiya instituti talabalari ishtirokida “O‘zstandart” agentligi tizimidagi qonunlari va me’yoriy hujjatlarini amaliy qo‘llanilishi bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi-davlat korxonasining tashabbusi bilan, SMSITI ning kadrlar malakasini oshirish markazi bilan hamkorlikda Andijon shahrida metrologiya yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilindi.

Xaydovchilar diqqatiga

Navoiy Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Sinov va sertifikatlashtirish markazi Davlat korxonasi hamkorligida, viloyat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan AGTKSh va AGTSh rahbarlari hamda ish yurituvchilari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.

“O‘zstandart” agentligida tashkil etilgan navbatdagi “Ma’naviyat soati”da yurtimizdagi tinchlik-xotirjamlikni asrab-avaylash, bizning ma’rifatimizga yod bo‘lgan illatlardan ogoh bo‘lish masalalari chuqur tahlil etildi.

Joriy yilning 11 iyun kuni Xorazm standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi xamda Xorazm sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi tashabbusi bilan viloyat davlat sanitariya epidemiologiya markazi, Xorazm viloyati fermer, dexqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan xamkorliKda Xorazm standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi binosida “Global gap xalqaro standartini joriy etish avzalliklari” mavzusiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki “O‘zstandart” agentligi Matbuot xizmati tomonidan Respublikamizdagi nufuzli OAV lari bilan tizimli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Shu bois Agentlik tizimida olib borilayotgan o‘ziga xos yangiliklar, tajribalar hamisha jurnalistlar nigohida.

Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazining tashabbusi bilan tashkil etilgan navbatdagi ma’naviyat soatining mavzusi – “Kitobxonlik madaniyatini oshirish – davr talabi»ga ba-ishlandi.

O‘zaro hamkorlikka qadamlar

Andijon Sinov va sertifikatlashtirish markaziga shahardagi yengil avtomobillarning ichki butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi “Uz-DongYang Ko” qo‘shma korxonasiga XXRning Shanxay shahridagi avtomobil komponentlarini sinovlardan o‘tkazishga ixtisoslashgan, xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tgan “RELIABLI ANALISIS” kompaniyasining vitse prezidenti Viktor Van boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

O‘zbekistonimiz va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida ishonch, hamkorlik va manfaatdorlikka asoslangan strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda, 2017 yil 12 may kuni Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonoti alohida ahamiyat kasb etadi.

Aslida insoniyat uchun taraqqiyotga erishish unchalik ham murakab ish emas. O‘z ustida ishlash, xalqaro tajribalarni o‘rganish, zamon bilan hamnafaslikda yashash va eng muhimi o‘z manfaatlaridan ko‘ra xalq manfaatlarini ustun qo‘yish kabi g‘oyalari bilan mehnat qilish ko‘zlangan taraqqiyotga olib borishi shubhasiz.

Joriy yilning 07 iyun kuni Xorazm standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi xamda Xorazm sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi tashabbusi bilan viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi, viloyat o‘rta maxsus ta’limi xududiy boshqarmasi, Urganch davlat universiteti, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali va “O‘quv ta’lim-ta’minot” davlat unitar korxonasi Xorazm filiali bilan xamkorliKda urganch shaxar 1-son musiqa va san’at maktabida o‘tkaziladigan “O‘quv asbob-uskunalari va anjomlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament talablari mavzusi”da seminar bo‘lib o‘tdi.

 

Buxoroda Ma’naviyat soati

Buxoro Sinov va sertifikatlashtirish markazining tashabbusi bilan navbatdagi ma’rifiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan sohani rivojlantirish hamda tizim xodimlarini,shuningdek iqtidorli yoshlarni oliy ta’lim ta’lim muassasalari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda nazariy hamda amaliy bilimlarini boyitish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Muhtaram Prezidentimizning 2018 yil - “Faol tadbirkorlik,innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvatlash yili” dasturi asosida belgilab bergan topshiriqlari, hamda 2017 yil 28 apreldagi PQ-2935-son qarori asosida 2017-2020 yillarda “O‘zstandart” agentligi faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan Kompleks chora-tadbir ishlab chiqildi.

Yurtimizda azal-azaldan mahalla tarbiya o‘chog‘i hisoblanadi. Sifatsiz mahsulotlardan ichki bozorni himoyalash borasida jamoatchilik nazoratini tashkil etishda mahallalarning o‘rni va ahamiyati beqiyos.

Joriy yilning 5 iyun kuni Jizzax standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi xamda Jizzax Politexnika institutining “Metrologiya standartlashtirish kafedrasi” bilan xamkorlikda , “Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baxolash soxalarida dolzarb muammolar va ularni rivojlantirish tendensiyalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.