Yangiliklar



Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazida, Bojxona boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi hamda ishlab chiqarish korxonalari hamkorligida seminar-trening o‘tkazildi.

Xorazm sinov va sertifikatlashtirish markazi tomonidan viloyatning Hazorasp, Bog‘ot, Xonqa, Qo‘shko‘pir, Shovot, Gurlan, Yangiariq, Yangibozor, Xiva shahri va Xiva tumanlarida Prezidentimizning «Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish

“O‘zstandart” agentligi tomonidan yurtimizda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan yengil avtotransport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish shaxobchalarini tashkil qilish bo‘yicha Janubiy Koreya davlatining “Si Resource Co. Ltd” hamda “Hydrogen Power Co. Ltd” kompaniyalari Agentlik huzuridagi “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.

Is gazidan zaharlanishni oldini olish va isitish tizimi jihozlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Mamlakatimiz Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish maqsadida “O‘zstandart” agentligining hududiy markazlarida qator seminar-yig‘ilishlar tashkil etilmoqda.

Respublikamiz korxonalarida ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining xalqaro me’yor talablariga javob berishi, hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va dunyo bozorlariga eksport qilish shu bilan bir qatorda uning raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi qoshidagi “Fizik-kimyoviy” sinov laboratoriyasi “TURKAK” xalqaro akkreditatsiya idorasi tomonidan xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazildi

Mamlakatimiz Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-sonli qarorining 16-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida

“O‘zstandart” agentligi bilan xalqaro hamkorlik istiqbollarini o‘rganish uchun O‘zbekiston Gollandiya Do‘stlik Fondi, Gollandiyaning “Halal Correct Certification” idorasi vakili janob Abubakr O‘zture joriy yilning 14 yanvar kuni Agentlik vakillari bilan uchrashdi.

“O‘zstandart” agentligida GLOBALG.A.P tashkilotining O‘rta Osiyo mintaqasi koordinatori Edita Stradze, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning O‘zbekistondagi loyiha koordinatori Go‘zal Qahhorova va “O‘zstandart” agentligi vakillari o‘rtasida onlayn videokonferensiya tashkil etildi.

2018 yilning 12 dekabrdagi Prezident qarorida “O‘zstandart” agentligi tizimidagi korxona va tashkilotlarida ko‘rsatiladigan xizmatlar darajasini oshirish maqsadida, quyi tashkilotlar faoliyatini baholash amaliyotini joriy etish hamda samaradorlikni baholash natijalari va ular yuzasidan, jumladan korrupsion omillarni oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda axborotlarni tizimli yoritib borishga alohida e’tibor qaratilgan.

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) hamda Bosniya va Gersegovina milliy metrologiya instituti (IMBiH) o‘rtasidagi O‘zaro anglashuv memorandumini amalga oshirish doirasida 2018 yil 23 dekabrdan 26 dekabrgacha davrda Toshkent shahrida O‘zMMI rahbariyati va IMBiH direktori janob Ziyad Dzemich o‘rtasida ishga oid uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Qaror mohiyati tushuntirildi

Xorazm sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda ikkala tashkilot xodimlari va kichik-biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ishtirok etishdi.

Jizzax Politexnika instituti konferensiyalar zalida Jizzax SSM-DK mutaxassislari tashkilotchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-sonli “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori mohiyati yuzasidan tadbir tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-sonli "Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarorida milliy standartlarni xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish darajasini yanada oshirish, standartlashtirish bo‘yicha xalqaro, hududiy tashkilotlar qoshidagi texnik qo‘mitalarga a’zo bo‘lishga alohida e’tibor qaratildi.

Yurtimizdagi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida faoliyat yurituvchi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)ning TS 207 “Atrof muhitni boshqarish” texnik qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi.

2019 yil davomida milliy standartlarning xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashganlik darajasini keskin oshirishni nazarda tutuvchi maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi va, 2021 yilga qadar bu ko‘rsatgich 47 foizga yetkazish belgilandi.

Xalqaro standart nima, xalqaro standartlar qanday ishlab chiqiladi, xalqaro standartlarni qo‘llash afzalliklari nimada?

Tadbirkorlik subyektlari diqqatiga

ILAC va IAF tashkilotlarining to‘laqonli a’zolari ro‘yxati shakllantirildi. 

Hurmatli yurtdoshlar, gaz holatida va boshqa yoqilg'i turlarida ishlovchi qurilma va apparatlarni xarid qilishda, sotuvchilardan muvofiqlik sertifikatlarini talab qilishni unutmang va muvofiqlik sertifikatlari mavjud bo‘lmagan qurilma va apparatlarni xardrid qilmang!

Jurnalistlar hamda tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxonalarining vakillari qatnashgan davra suhbatida 2018 yil 12 dekabr kuni Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati va unda belgilab berilgan ustivor vazifalar xususida ma’lumot berildi.