Yangiliklar



Prezidentimizning 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3514-sonli qaroriga muvofiq, “O’zbekiston bo’ylab sayohat qil” dasturi ijrosi yuzasidan Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi bir guruh xodimlari Аmir Temur kamol topgan yurt qadim – Shaxrisabz shahriga ziyorat etish maqsadida tashrif buyurdilar.

“O‘zstandart” agentligi markaziy hamda mahalliy jurnalistlar ishtirokida media-turlar tashkil etib, unda hududiy markazlarning faoliyati, sinov laborotoriyalari hamda ishlab chiqarish korxonalarga ko‘rsatayotgan yordami ommaviy axborot vositalari orqali targ‘iboti yo‘lga qo‘yilgan.

KORXONALARDA SAYYOR UCHRASHUV

“O’zstandart” agentligining navbatdagi sayyor uchrashuvi Olmaliq sinov va sertifkatlashtirish markazining hamkor korxonalarida tashkil etildi.

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimiyati boshqaruv siyosati ISO 9001:2015 xalqaro miqiyosidagi sertifikatga ega bo‘lgan yurtimizdagi birinchi davlat idorasi bo‘ldi.

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xalqaro tashkilotlar va xududiy metrologiya muassasalari bilan birga qator loyiha va tadbirlar jadal tarzda amalga oshirilib kelinmoqda.

“O’zstandart” agentligi hamda Аmerika Qo’shma Shtatlarining xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) bilan hamkorlikda Global G.A.P. standarti bo’yicha intensiv o’quv kursi tashkil etildi.

Аndijon sinov va sertifikatlashtirish markazi qoshidagi “Mahsulotlarni eksport qilishga ko’maklashish byurosi” tomonidan viloyatda joylashgan eksportyor korxonalarga amaliy yordam berib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan “Axborot xizmatlari faoliyatiga oid nazariy va amaliy aspektlar” mavzusida ikki kunlik o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

XIVA SHAHRI BO‘YLAB SAYOHAT

Mamlakatimizda Prezidentimizning “Ichki turizmni rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Qaroriga muvofiq “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti ishchi-xodimlari yurtimizning qadimiy va navqiron Xorazm vohasiga turistik sayohat uyushtirdi.

“O’zstandart” agentligida 2019 yil 15 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 oktyabrdagi “Moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklarga talablar to’g’risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqidagi hamda 2017 yil 21 noyabrdagi “Аvtomobil va aviatsiya benziniga, dizel va kema yonilg’isiga, reaktiv dvigatellar uchun yonilg’iga va mazutga qo’yiladigan talablar to’g’risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqidagi qarorlariga o’zgartish kiritish yuzasidan umumiy texnik reglamentlar loyihalarini ekspertizadan o’tkazish bo’yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi Ekspert komissiyasining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

“O‘zstandart” agentligi Matbuot xizmatining tashabbusi bilan hududiy markazlar va ularning ishlab chiqarish korxonalariga ko‘rsatayotgan amaliy yordami targ‘iboti yo‘lga qo‘yildi.

“O‘zstandart” agentligi, “O‘zbekoziqovqat-xolding” hamda qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha biznes vakillaridan iborat delegatsiya joriy yil 8-9 aprel kunlari Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida “Birlashgan Millatlar tashkiloti Yevropa Iqtisodiyot Komissiyasining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun tijorat standartlarini (YeEK OON) tadbiq qilish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ishchi guruh yig‘ilishida ishtirok etdi.

Inson odob-axloq va ilmu-ma’rifat ko‘magida yuksak martabalarga erishadi. Buning uchun unga ilk saboqni bergan o‘qituvchisi va maktabining o‘rni beqiyosdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2752-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston milliy metrologiya institutida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish” mavzusida o‘quv amaliy semenar tashkil etildi.

MAKTABDA BIR KUN...

Ma’rifatli bobolarimizdan biri “Kasblarning ichida eng mo‘’tabari – muallimlik bo‘lsa, dunyo imoratlari ichida eng qadrlisi bu – maktabdir” degan edi. Bu bejizga aytilmagan.

Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazining tashabbusi bilan hududdagi korxonalarda yangi investitsiya loyihalari, innovatsion g‘oyalar bilan tanishish va tajriba almashish yuzasidan “Korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini ko‘tarish va energiya resurslarini tejamkorligiga erishish” mavzusida seminar tashkil etildi.

EKSPORTBOP BUXORO POMIDORLARI

Buxoro sinov va sertifikatlashtirish markazi “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” tomonidan viloyatning eksportyor hamda eksport potentsialiga ega korxonalarga standartlashtirish, sertifikatlashtirish, metrologiya, yorliqlash hamda qadoqlash bo‘yicha amaliy yordam berib kelmoqda.

Seminarda Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi, Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi rahbarlari hamda hududiy SSMlar o‘lchov vositalari ustidan davlat metrologik tekshiruvi bo‘limlari, sinov laboratoriyasi, mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘limi boshliqlari va mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi vakillari, viloyatning mutasaddi tashkilot va tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirok etdi.

2019 yilning 3-4 aprelь kunlari Germaniyaning Drezden shahrida KOOMET Qo’mitasining 29-yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda “O’zstandart” agentligi nomidan O’zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari L.Saidoripov va M.Yunusov ishtirok etdilar.

Jizzax sinov va sertifikatlashtirish markazi tashabbusi bilan hududdagi korxonalarda yangi investitsiya loyihalari, innovatsion g’oyalar bilan tanishish va tajriba almashinish yuzasidan ochiq davra suhbati bo’lib o’tdi.