Jizzax shahrida “Xiva xoniy” MChJ eksportyor korxonasi hozirgi kunda Xitoyga asal mahsulotini eksport qilmoqda. Agentlikning “UzTEST” markazi Jizzax filiali mutaxassislari mazkur korxonada bo‘lib GSP+ tizimi bo‘yicha tushunchalar berishdi.
Jizzax shahrida “Xiva xoniy” MChJ eksportyor korxonasi hozirgi kunda Xitoyga asal mahsulotini eksport qilmoqda. Agentlikning “UzTEST” markazi Jizzax filiali mutaxassislari mazkur korxonada bo‘lib GSP+ tizimi bo‘yicha tushunchalar berishdi.
“UzTEST” markazi Samarqand filiali xodimlari Jomboy tumanida joylashgan kimyo mahsulotlarini (granula, polipropilen qop) ishlab chiqaruvchi “Samarkand-Golden Colors” MCHJ korxonasida bo‘lib ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” gi Prezident farmoni loyihalari jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi.
Shu maqsadda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va tizim-tashkilotlari yoshlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Bugun Malayziya standartlar tashkiloti (Standards Malaysia) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinib, standartlashtirish va muvofiqlikni baholash tizimlarini xalqaro tamoyillar asosida shakllantirish va rivojlantirishda orttirilgan tajriba almashish, kadrlar tayyorlash va professional malaka oshirish ishlarini hamkorlikda tashkil qilish, texnik qo‘mitalarni rivojlantirishda texnik ekspertlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va shu orqali texnik ekspertlar bazasini shakllantirishda hamkorlik qilish.
Joriy yilning 22-24 yanvar kunlari “O‘zbek-Turk Test Markazi” qo‘shma korxonasida ISO/IEC 17065 va ISO 19011 “Muvofiqlikni baholash. Mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish organlariga qo‘yiladigan talablar” hamda “Ichki audit” standartlari bo‘yicha o‘quv kursi tashkil qilindi.
OʼzTTSA Departamentning Sirdaryo filiali mutaxassislari tomonidan Guliston shahrida faoliyat yuritayotgan savdo do'konlarida sotilayotgan maishiy elektrotexnika mahsulotlari oʼrganildi.
Bugun O‘zTTSA Jahon iqtisodiy tizimiga sohaning integratsiyalashuvi bo‘limi va Britaniya standartlar instituti (BSI) Tashqi Aloqalar boshqarmasi bilan onlayn tarzda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida Hukumatlararo komissiyaning yettinchi yig‘ilishi doirasidagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan Turk standartlari instituti (TSE), Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC) bilan muloqot o‘tkazilgan edi.
Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi “Zarbdor tekstil” korxonasida tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi kunda korxona tayyor trikotaj maxsulotlarini Rossiya va Turkiyaga eksport qilmoqda.
185 ta davlatning sifat infratuzilmasini baholab boruvchi Global sifat infratuzilma indeksi (Global Quality Infrastructure Index (GQII) reytingi e’lon qilindi.
So‘nggi yillarda sohada olib borilgan islohotlar natijasida 2020-yildan boshlab ushbu reytingga O‘zbekiston Respublikasi 82-o‘rin bilan ro‘yxatga qo‘shilgan.
Yaponiyaning O‘zbekiston sanoatida sinovlarni tashkillashtirish va standartlashtirish sohasidagi kadrlarni malakasini oshirish “ENUI” loyihasi doirasida o‘qishlar bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” markazi Samarqand filiali mutaxassislari Urgut tumanida joylashgan plastmassadan tayyorlangan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi “Urgut Super Plast” korxonasida bo‘lishdi.
Kuni kecha Navoiy viloyati Karmana tuman Axborot - kutubxona markazida O‘zTTSA “UzTest” markazi Navoiy filiali xodimlari ishtirokida “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan “O‘zbegimning mard o‘g‘lonlari” deb nomlangan bellashuv kechasi o‘tkazildi.
Jizzax shahrida faoliya yuritayotgan “Art zamin tekstil” korxonasida ip-kalavadan mato to‘qilmoqda. Mazkur korxonada mahsulot sifatining yuqori bo‘lishiga asosiy e’tibor qaratilgan. Hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ichki bozorga yo‘naltirilmoqda.Kuni kecha O‘zTTSA “UzTYeST” markazi Jizzax filiali mutaxassislari korxonada bo‘lib korxonada xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha keng tushunchalar berishdi.
Germaniya standartlar instituti (DIN) ekspertlari bilan muloqot olib oʻtkazildi. Muloqot doirasida standartlarni ishlab chiqish va joriy etish, texnik qoʻmitalar faoliyati boʻyicha fikr almashildi. Muloqot natijasiga koʻra, joriy yilning 19-24-fevral kunlari OʻzTTSA Standartlar institutida DIN ekspertlari ishtirokida mutaxassislar uchun standartlashtirish soxasida treyning- seminar tashkil etishga kelishildi.
Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi “WORLD TRADING COMPANY” MChJ QK faoliyatida texnik jihatdan tartibga solish sohasi bo‘yicha O‘zTTSA “UzTest” markazi xodimlari tomonidan muammolarni o‘rganish o‘tkazildi.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” markazi Samarqand filiali xodimlari Samarqand shahrida joylashgan yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “La Plante Verde” korxonasida bo‘lib ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
O‘zTTSAning Buxoro viloyati hududiy bo‘linmalari Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasi hamkorligidagi memoradumga asosan fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yaxshilash maqsadida “Mahsulot va xizmatlarning sifat kafolatini ta’minlash” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
O‘zTTSA “UzTest” markazi Samarqand filiali xodimlari Kattaqo‘g‘on tumanida joylashgan yirik sanoat ob’ekti – yiliga 3 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega “Hengyuan Cement” MCHJ xorijiy korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi hamda sohaga doir qonunchiliklar to‘g‘risida keng tushunchalar berishdi.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi “UzTest” DM Samarqand filiali mutaxassislari Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan "Grand Fayz Baraka" MChJ vakillari bilan uchrashib, korxonada olib borilayotgan ishlar hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.